Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:25

Toshkentda Mustaqillik tantanalari o‘tkazildi


31 avgust kuni soat 19.00 da Toshkentdagi Milliy bog‘da O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni, odatga ko‘ra, prezident Islom Karimov tabrik nutqi bilan ochib berib, barchani bayram bilan qutladi.

Prezident Karimov nutqi davomida sahnaga o‘rnatilgan ulkan ekranda O‘zbekistonning 20 yillik tarixi tasvirlar orqali namoyish qilib turildi.

Islom Karimov mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan yutuqlarni sanar ekan, “O‘zbek modeli” o‘zini butunlay oqlaganini ta‘kidladi.

Jumladan, Karimov O‘zbekiston iqtisodiyoti yigirma yil mobaynida qariyb 3,4 barobar, o‘rtacha ish haqi 14 barobar o‘sgani, aholining yalpi daromadi taxminan 9 marta o‘sgani, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotining o‘rtacha 8,5 foizni tashkil etgani hamda istiqlol yillarida ijtimoiy soha uchun davlat xarajatlari 5 barobardan ziyod ko‘paygani, onalar o‘limi 3 barobardan ko‘proq kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 7 yilga uzayib, erkaklar o‘rtacha 73 yosh, ayollar o‘rtacha 75 yosh umr ko‘rayotganini ta‘kidladi.

Qariyb 20 daqiqa davom etgan prezident nutqi bir necha bor guldiros va davomli qarsaklar bilan bo‘lib turildi.

Konsert dasturida estrada yulduzlari tomonidan O‘zbekistonni, mustaqillikni ulug‘lovchi qo‘shiqlar yangradi.

Shu kuni shaharda nazorat kuchaytirilib, Milliy bog‘ atrofini militsiya va MXX xodimlari o‘z nazoratida ushlab turdi.

Odatdagidek, bayram tadbiriga faqat maxsus taklif qilinganlarga kirish ruxsat etildi. Oddiy aholi uchun esa Milliy bog‘ atrofiga yaqinlashish taqiqlandi.
XS
SM
MD
LG