Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:57

“Sharq taronalari” festivali yakunlandi


"Sharq taronalari" har ikki yilda bir marta Samarqandda o‘tkaziladi.
"Sharq taronalari" har ikki yilda bir marta Samarqandda o‘tkaziladi.
Samarqandda “Sharq taronalari” sakkizinchi xalqaro festivali nihoyasiga yetdi.

Festivalning oliy mukofoti - Gran-pri sohibi Janubiy Koreyaning “Sodo-sodo” guruhi san‘atkorlari 10 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli olishdi.

Birinchi o‘rin sohiblari Xitoy va Litva san‘atkorlari yetti ming dollar, ikkinchi o‘rin egalari o‘zbekistonlik, rossiyalik va eronlik san‘at ustalari besh ming dollarlik bo‘lishdi.

Uch ming dollarlik uchinchi o‘ringa Turkmaniston, Gruziya va Madagaskar san‘atkorlari sazovor bo‘ldi.

Bu yilgi “Sharq taronalari” festivali ancha shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Festivalda ishtirok etib, o‘zining mashhur "Felichita" qo‘shig‘ini ijro etgan italiyalik taniqli qo‘shiqchi Al Bano Samarqand zaminini o‘pib, prezident Islom Karimovni olqishladi va unga murojaat qilarkan, "Bugun siz mening ham prezidentim ekaningizni his qildim", dedi.

Bu galgi festivalda dunyoning 63 davlatidan kelgan badiiy jamoalar, milliy musiqa ijrochilarining ishtirok etishi aytilgandi, lekin festivalda faqat 59 ta davlat ishtirokchilari qatnashdi.

1997 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ta‘sis etilgan “Sharq taronalari” festivali an‘anaviy tarzda har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
XS
SM
MD
LG