Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:15

Lukashenko O‘zbekistonni KXShTdan chiqishga chaqirdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 22 avgust kuni Sochi shahrida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvidan olingan surat.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 22 avgust kuni Sochi shahrida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvidan olingan surat.
Minskda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qoshidagi Tezkor kollektiv kuchlar keyingi taqdiri haqida so‘zlagan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonni nazarda tutgan holda keskin bayonot berdi.

Regnum agentligiga ko‘ra, Lukashenko "Bugun hech kim biz bilan urush qilmaydi, ammo konstitutsion to‘ntarishni sodir qilishga qo‘li qichishayotganlar ko‘p", degan va shu bois, KXShTga a‘zo davlatlarning hududiy yaxlitligini himoya qilish zarurligini ta‘kidlagan.

Lukashenko Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan kelishuvlariga ishorat qilib: "Agar kimdir tashkilot nizomida belgilangan funksiyalarni bajarishni istamasa, zudlikda tashkilotni tark etishi va boshqalarga xalaqit bermasligi kerak", degan.

Regnum xabariga ko‘ra, Belarus va Rossiya prezidentlari yaqinda Sochida bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistonning KXShTdagi ishtirokini muhokama qilgan va Lukashenko bayonotida aytilgani kabi keskin bir qarorga kelgan.

30 avgust kuni Minksda KXShT rahbari Nikolay Bordyuja bilan uchrashgan Aleksandr Lukashenko Rossiya pozitsiyasiga muvofiq tarzda Tezkor kollektiv kuchlarni to‘la qurollantirish kerakligi va KXShTni saqlab qolish kerakligini aytgan.

O‘zbekiston rahbari KHShT doirasidagi aksariyat tadbirlarda, xususan, 12 avgust kuni Ostanada bo‘lgan norasmiy sammitda ham ishtirok etmagan edi.
XS
SM
MD
LG