Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

Dunyo liderlari Toshkentga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan AQSh Prezidenti Barak Obama, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvyedev, Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Kristian Vulf, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak va boshqa davlat rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga tabrik yo‘lladi.

- Mamlakatingiz mustaqil va suvyeren davlat sifatida o‘zining 20 yillik bayramini nishonlayotgan shu kunlarda men Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlovlarimni yo‘llashdan baxtiyorman, - deyiladi AQSh rahbarining O‘zA milliy axborot agentligi saytida e‘lon qilingan tabrigida.

Ayni paytda, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Krol ham O‘zbekistonni o‘z mamlakati xalqi nomidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi bilan tabrikladi.
XS
SM
MD
LG