Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:10

Vadim Abramov Yaponiyaga qarshi o'ynaydigan tarkibni e'lon qildi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 6 sentabr kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'tadigan uchrashuvga tayyorlanayotgan tarkibni e'lon qildi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bergan xabarga ko'ra, ayni damda Abramov boshchiligida o'tayotgan mashg'ulotlarda 23 futbolchi qatnashayapti. Terma jamoa tarkibga kirgan futbolchilarning 19 tasi 2 sentabr kuni Tojikiston termasiga qarshi o'tgan o'yinda qatnashishgan. Qolgan 4 futbolchi Olimpiya terma jamoasi a'zolaridir.

Eslatamiz, 6 sentabr kuni Yaponiyaga qarshi o'yin 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarining 3-bosqichi doirasida o'tkaziladi.

Eslatamiz, saralash o'yinlarining 3-bosqichi birinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Tojikiston termasi mehmonida bo'lgan edi. O'yin 0:1 hisobi bilan O'zbekiston foydasiga yakunlandi. Yaponiya terma jamoasi esa bosqich birinchi turida Shimoliy Koreya jamoasini 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Shunday qilib, "o'lim guruhi" deya nom olgan "C" guruhida O'zbekiston va Yaponiya terma jamolari 3 ochko bilan birinchi kelishmoqda.

O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvi Toshkentning "Paxtakor" markaziy stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Murodjon Zuxurov, Viktor Mochalov

Himoyachilar: Viktor Karpenko, Shavkat Mullajonov, Islom To'xtaxojayev, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Salim Mustafoyev, Akbar Ismatullayev

Yarim himoyachilar: Server Djeparov, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Temur Kapadze, Stanislav Andreyev, Aziz Xaydarov, Lutfullo Turayev, Oleg Zoteyev, Dilshod Rahmatullayev

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix, Maksim Shatskix, Bohodir Nasimov, Ulug'bek Boqoyev
XS
SM
MD
LG