Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:49

"O‘zbekiston jamoasi Yaponiyani yutadi!"


Aksar futbol sharhlovchilari durang, ishqibozlari esa kamida 2-1 hisobidagi g‘alabani kutmoqda.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat kechki 7 da "Paxtakor" stadionida bo‘ladigan o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonishi yoki eng kamida durang natijaga erishishi kutilmoqda.

Bunga talaygina asos keltirilmoqda.

Uff.uz nashrining ayrim optimist futbol sharhlovchilari bilan suhbatlar asosida keltirgan taxminlariga ko‘ra, bugun yapon jamoasining asosiy o‘yinchilari maydonga tushmasligi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga yosh, mahoratli futbolchilarning tortilgani o‘zbek milliy terma jamoasiga g‘alaba imkonini berishi mumkin.

Nisbatan pessimist sharhlovchilar va ishqibozlar esa o‘zbek jamoasining himoyasi biroz ojizligi va tayyorgarlik ham me‘yorida bo‘lmagani bois bugungi o‘yin durang natija bilan tugashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Ozodlik bog‘langan O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘muriyati, Paxtakor stadioni ma‘muriyati va ishqibozlar nekbinlik bilan g‘alabani kutayotganini aytdi.

Paxtakor va Futbol federatsiyasining Toshkent shahar bo‘limida ishlaydigan xodimalar bunga yana bir asosni keltirdilar - bugun bo‘ladigan o‘yinga birorta chipta qolmagan.

Futbol ishqibozlardan biri shunga qaramay dunyoi umid bilan Paxtakor metro bekati yonida turgan chiptafurushlar yoniga yo‘l olganini aytdi.

Quyida ushbu muxlis Sabohiddin Hasanov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.



"Yosh to'lqin" jamoasi 2014 yil Braziliyada bo‘ladigan Jahon chempionati uchun saralash o‘yinlari guruh bosqichi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘ladigan o‘yinni kuzatib boradi va kun davomida bu mavzuga yana qaytadi.
XS
SM
MD
LG