Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:16

Toshkentda militsionerlar qamaldi


O‘zbekiston poytaxtida valyuta “qora bozori”ga homiylik qilgan militsiya xodimlari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilinganlar.

Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilgan Uzmetronom saytining yozishicha, qamalgan militsionerlar bozorlar va bank muassasalari oldida valyuta oldi-sottisi bilan shug‘ullangan odamlarning bemalol ishlashini ta‘minlaganlar.

Shuningdek, nashr manbalari shu ish bilan bog‘liq ravishda Toshkent tuman ichki ishlari sobiq boshliqlaridan biri mamlakatdan qochganini aytganlar.

Mazkur ish “mayda baliq ovi” ekaniga ishora qilingan maqolada ayni paytda milliardlab daromad keltiradigan xorijiy valyutaning yashirin oldi-sottisi bo‘yicha sxema mutlaqo o‘zgarmay qolgani qayd etiladi.

O‘zbekistonda mintaqaning boshqa mamlakatlaridan farqli ravishda xorijiy valyutaning rasmiy kursi bilan bozor, aniqrog‘i, “qora bozor” kursi keskin farq qiladi. Xususan, bugungi kunda O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 1739.47 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa-da, “qora bozor”da bu valyutani kamida 2500 so‘mdan sotib olish mumkin. Bu kurslar o‘rtasidagi 30 foizlik farq tufayli O‘zbekistonda valyutafurushlik yaxshigina daromad keltiradigan “biznes” turi bo‘lib hisoblanadi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bu biznesga sinalmagan manfaatdor tomonlar tarafidan sinalmagan odamlar qo‘yilmaydi.
XS
SM
MD
LG