Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:25

O‘zbek chegarachilari 8 kilo geroinni ushladi


Surxondaryoning "Amuzang" o‘tish-nazorat postida o‘zbek chegarachilari 8 kilogramm geroinni qo‘lga oldi.

Regnum agentligining O‘zbekiston MXX matbuot xizmatiga tayangan holda yoyinlagan ma‘lumotiga ko‘ra, o‘zbek chegarachilari bu narkotik moddani "Dushanbe-Sankt-Peterburg" yuk poyezdida tekshiruv o‘tkazgan payti vagonlardan biridan topgan.

Narkotik moddani O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetkazish mo‘ljallangan bo‘lgan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov-surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston MXXsi ma‘lumotiga ko‘ra, keyingi ikki oy mobaynida o‘zbek-tojik chegarasida 51 kilogramm narkotik modda musodara qilingan.
XS
SM
MD
LG