Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:13

Bishkekda o‘quvchiga ro‘mol taqiqlanganiga qarshi miting bo‘ldi


Bishkekdagi Ta‘lim vazirligi binosi oldida 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan miting ishtirokchilari bilan Qirg‘iziston Ta‘lim vaziri Qanat Sadiqov uchrashdi.

Miting ishtirokchilaridan biri, “Aql, ong, iymon” jamg‘armasi rahbari Duysho‘n Abdildayevning ma‘lum qilishicha, maktabga ro‘mol o‘rab borgan qizlarni o‘qituvchilar darslarga kiritmayapti va o‘quvchi qizlarning bilim olishiga to‘siq bo‘lmoqda. Bunday holat asosan mamlakat janubida kuzatilmoqda.

Miting ishtirokchilari vazirlik ro‘mol va hijobda darsga qatnashishga ruxsat bermasa, miting juma kuni respublika miqyosida o‘tkazilishi aytishmoqda.

Ayni paytda Qirg‘iziston Ta‘lim vazirligi maktablarda ro‘mol o‘rash ta‘qiqlanmaganini, biroq maktab formasi bo‘yicha umumiy talablar bajarilishi lozimligini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG