Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:35

Futbol: FIFA reytingida uch pog'ona yuqoriladik


FIFA tashkilotining bugun e'lon qilgan dunyo bo'ylab futbol bo'yicha milliy terma jamoalar reytingida O'zbekiston termasi o'tgan oyga nisbatan uch pog'ona yuqoriga - 79-o'ringa ko'tarildi.

Iyun o'yinda 86, iyul oyida 83, avgust oyida esa 82-o'rinda kelgan O'zbekiston terma jamoasining bir pog'ona yuksalishiga senabr boshida Tojikiston va Yaponiya terma jamoalari bilan o'tkazilgan uchrashuvlar natijalari sabab bo'ldi.

Eslatamiz, 2014 yil Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichi doirasida O'zbekiston terma jamoasi 2 sentabr kuni Tojikiston termasini 0:1 hisobi bilan mag'lub etib, 6 sentabr kuni esa Yaponiya terma jamoasi bilan durang (1:1) o'ynagan edi.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida Ispaniya, Gollandiya va Germaniya terma jamoalari o'rin olgan.

O'zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog'onasi 2006 noyabr oyiga to'g'ri keladi. O'shanda terma jamoamiz jahon reytingi bo'yicha 45-o'rinni olgan edi. Eng past pog'onani esas (119-o'rin) O'zbekiston 1996 yilning noyabr oyida egallagan edi.

Osiyo zonasida esa O'zbekiston 6-o'rinda mustahkam bormoqda. Birinchi beshtalikga Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy terma jamoalari kirgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O'zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga birinchi yuztalikga kirish nasib etmadi - Qozog'iston 131, Turkmaniston 140, Tojikiston 157, Qirg'iziston esa 179-chi o'rinda.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi. Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichi doirasida 11-oktabr kuni Pyongyang shahrida Shimoliy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Terma jamoamizga ushbu uchrashuvda g'alaba qozonib, FIFA reytingida yanada yuqori pog'onalarga ko'tarilishiga tilakdoshmiz.
XS
SM
MD
LG