Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:17

Qodirjon Botirov ishi bo‘yicha sud davom etmoqda


23 sentabr kuni Qodirjon Botirov ustidan bo‘lib o‘tgan mahkamada 2 nafar jabrlanuvchi va 3 guvoh ko‘rsatma berdi. Bu borada Qirg‘iziston Oliy sudi matbuot kotibi Baqtibek Risaliyev ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, keyingi sud mahkamasi shu yilning 28 sentabriga belgilangan.

Qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari, xususan, Respublika o‘zbek milliy-madaniy markazi vitse-prezidenti Qodirjon Botirov ustidan mahkamalar bundan avval 2011 yilning 29 aprel, 4 -11 may, 4 - 13 -21 iyul va 8 - 12 sentabr kunlariga belgilangan va turli sabablarga ko‘ra qoldirilgan. Shu yilning 16 sentabridan esa mahkamada jabrlanuvchilar va guvohlar ko‘rsatma bera boshlagan.

Qodirjon Botirov Qirg‘iziston ichkarisida bo‘lmagani uchun sirtdan sudlanmoqda. Unga mamlakat janubidagi tartibsizliklarni uyushtirish, ayirmachilik va muxtoriyat (avtonomiya) talab qilish aybi qo‘yilmoqda.
XS
SM
MD
LG