Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:29

Peterburgda o‘z yurtdoshini zo‘rlagan o‘zbekistonlik hibsga olindi


O‘zbekistonlik mardikorlarning o‘z hamyurtlariga nisbatan noqonuniy harakatlari ko‘p uchrab turadi.
O‘zbekistonlik mardikorlarning o‘z hamyurtlariga nisbatan noqonuniy harakatlari ko‘p uchrab turadi.
Ismi oshkor etilmayotgan o‘zbekistonlik ayol unga do‘q-po‘pisa qilayotgan hamyurti ustidan shikoyat qilib, politsiyaga murojaat qilgan, biroq u yerda ariza yozishdan bosh tortgan. U bilan 3 soat davomida suhbatlashgan politsiyachilar bu ayol o‘z yurtdoshi tomonidan zo‘rlangani ma‘lum bo‘lgan.

Sankt Peterburgda o‘z yurtdoshini zo‘rlanganlikda ayblanayotgan 22 yoshli Jonibek Avazov hibsga olindi.

Bu haqda Ozodlikka ma‘lumot bergan Sankt Peterburg Tergov qo‘mitasining OAV bilan aloqalar bo‘yicha mas‘uli, adliya katta maslahatchisi Sergey Kapitonovga ko‘ra, bu yigit 45 yoshli ayolni nafaqat zo‘rlaganlikda, balki uning qimmatbaho buyumlarini tortib olganlikda va keyinchalik tamagirlikda ayblanmoqda.

- Men bunaqasini uchratmaganman. Bu yigitga zo‘rlagani uchun 10 yil, talon-taroj uchun yana 7 yil berilishi mumkin. Buni albatta sud hal etadi, dedi Sergey Kapitonov.

Uning aytishicha, Sankt Peterburg shahrining Primorsk tumani 44-politsiya bo‘limiga o‘ziga noma‘lum shaxs do‘q-po‘pisa qilayotgani yuzasida shikoyat qilib, o‘zbekistonlik ayol murojaat qilgan.

Bu ayol kimdir telefon orqali undan hujjatlarni qaytarib berish uchun 20 ming rubl pul so‘rayotganini aytgan. U politsiyachilardan norasmiy tarzda bu shaxsdan qutulishga yordam berishni so‘rab hatto oz miqdorda pul ham taklif etgan.

Politsiya xodimlari o‘zbekistonlik ayol bilan suhbatdan keyin telefon qilayotgan shaxs unga pistolet bilan do‘q qilib zo‘rlagani va tilla buyumlari hamda qo‘l telefonini olib qo‘yganini aniqlangan.

O‘z yaqinlariga bu hodisa haqida gapirishdan uyalgan ayol uni zo‘rlagan yigit o‘zbek ekanligini aytgan.

Nihoyat, politsiya xodimlari uni ariza yozishga ko‘ndirgan va 25 sentabr kuni tamagir bilan uchrashuvga o‘zlari chiqqan. “Pionerskaya” metro bekati yonidagi bozorchada uchrashuv belgilagan bu shaxs politsiyachilarni ko‘rishi bilanoq qochishga tushgan.

- U o‘z yurtida yengil atletika bilan shug‘ullangan ekan, qo‘limizdan chiqib qochishga ulgurdi, lekin uzoqqa keta olmadi: ko‘chada o‘tib ketayotgan odamlar yordamida qo‘lga olindi, deydi tergov boshqarmasi xodimi Sergey Kapitonov.

Peterburg politsiyachilari maxsus amaliyoti davomida qo‘lga olingan ayblanuvchi 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Jonibek Avazov ekanligi aniqlandi.

26 sentabr kuni Sankt Peterburg Tergov qo‘mitasi bosh boshqarmasi tergovchisi Ivanov Rossiya Jinoyat Kodeksining 131 (zo‘rlash) va 161 (talon-taroj) moddalari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Hibsga olingan Avazov dastlabki so‘roq davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib, o‘zbek ayolidan tortib olgan buyumlarning bir qismini qaytarib bergan.

27 sentabr kuni shahar sudi Jonibek Avazovni hibsda qoldirish haqida qaror chiqardi.

Tergov davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG