Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:25

O‘zbekistonlik haydovchi Atirauda bir kishini o‘ldirdi


Qozog‘istonning Atirau shahrida bekatda turgan odamlarni avtobus urib ketdi.

Natijada bir odam nobud bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.

Atirau shahri prokurori Xolidolli Dauyeshevaga ko‘ra, Privokzalьnыy tumanida ro‘y bergan fojiani o‘rganish uchun maxsus guruh tuziladi va qator ekspertiza o‘tkaziladi.

Kazinform axborot agentligi xabariga ko‘ra, odamlarni urib ketgan avtobus haydovchisi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda uning Qozog‘istonda yo‘lovchilar tashash uchun tegishli hujjatlarga ega bo‘lgani yoki bo‘lmagani o‘rganilmoqda.
XS
SM
MD
LG