Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:11

Futbol: "Nasaf" OFK kubogi finalida


O'zbekiston Oliy ligasida ikkinchi o'rinda borayotgan Qarshining "Nasaf" futbol klubi o'zbek futboli tarixida o'chmas iz qoldirdi.

18 oktabr kuni Iordaniyada o'tgan "Al-Vihdat" - "Nasaf" uchrashuvini durang bilan yakunlagan qarshiliklar O'zbekiston futboli tarixida birinchi bor Osiyo Futbol Konederatsiyasi (OFK) kubogi finaliga yo'llanma oldilar.

OFK kubogi yarim finalining Qarshida o'tgan birinchi uchrashuvida 1:0 hisobi bilan g'alaba qozongan "Nasaf" 18 oktabr kuni mehmondagi javob o'yinida "Al-Vihdat" bilan 1:1 qayd etdi.

Iordaniyada o'tgan o'yin keskin hujumlarga boy bo'ldi, desak yanglishmaymiz. O'yinning boshidanoq mezbonlar iloji boricha ko'p hujumlar uyushtirishib, o'z darvozasini dahlsiz qoldirishga intilishdi.

Hisobni o'yinning 11-daqiqasida "Al-Vihdat" ochib berishdi. Abdulla Diyb 22 metrlar chamasidan belgilangan jarima zarbasini chiroyli tarzda "Nasaf" darvozasiga yo'lladi. Hisob 1:0.



O'yinning 62-daqiqasida esa "Nasaf" hisobni tenglashtirdi. Javob go'liga qarshiliklarning ikkala legioneri ham o'z hissasni qo'shdi. Andrey Pereplyotkins oshirgan to'pni Ivan Boshkovich boshi bilan darvozaning bo'sh qolgan burchagiga yo'lladi. Hisob 1:1.



29 oktabrga belgilangan OFK kubogi finalida "Nasaf" Quvaytning "Quvayt" futbol klubi bilan bellashadi. Final O'zbekistonning Qarshi shahrida bo'lib o'tadi!
XS
SM
MD
LG