Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:03

Shokolad qog‘oziga o‘ralgan 27,6 ming dollar ushlandi


Kuni kecha “Toshkent-Olmaota” reysi bo‘yicha uchib ketayotgan samarqandlik ayolning qo‘l sumkasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 27,6 ming AQSh dollari aniqlangan.

Olam.uz saytining ma‘lum qilishicha, samarqandlik ayol bu pullarni dollar va yevro rasmi tushirilgan shokolad qog‘oziga o‘rab, xuddi shokolad tarzida qadoqlagan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida O‘zbekiston bojxonalarida deklaratsiya qilinmagan xorij valyutasi bilan bog‘liq 1 462 ta fakt aniqlangan.
XS
SM
MD
LG