Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:48

O‘zbek futbolchilari Vetnamda bosh sovrinni olishdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi Vetnam futbol federatsiyasi kubogi xalqaro turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

23 yoshgacha bo'lgan o‘zbek futbolchilari dastlab malaziyaliklarni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Keyingi bosqichda vetnamliklar bilan bo‘lgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugagan.

Oxirgi uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi Myanmar futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lub qilgan.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, uchta uchrashuvda 7 ochko jamg‘argan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnam futbol federatsiyasisi kubogi g‘olibi bo‘ldi.

O'zbekiston - Malaziya 3:1


O'zbekiston - Vetnam 1:1


O'zbekiston - Myanmar 2:1
XS
SM
MD
LG