Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:47

WikiLeaks saytining puli tugadi


AQSh diplomatiyasi ikir-chikirini dunyoga yoyayotgan WikiLeaks veb-sahifasi mahfiy hujjatlarni chop etishni vaqtincha to'xtatdi. Bu qarorga ularni moliyaviy sabablar undadi.

WikiLeaks tarqatgan ma'lumotga ko'ra, hozircha ular pul yig'ish bilan shug'ullanishga majbur, chunki yirik online to'lov xizmatlari yaratgan to'siqlar tufayli sayt dunyo bo'ylab kelayotgan hayriya pullarini ololmayapti.

Eslatamiz, AQShning Iroq va Afg'onistonda olib borayotgan xarbiy amaliyotlariga oid minglagan maxfiy hujjatlarni chop etganidan ko'p o'tmasdan Visa, MasterCard, PayPal va Western Union shirkatlari WikiLeaks saytiga o'tkazilayotgan pullarga to'siq qo'ygan edi.

WikiLeaks'ning Twitter sahifasida chop etgan ma'lumotga ko'ra, yirik shirkatlar tarafidan qo'yilgan moliyaviy to'siq tufayli sayt 50 million evro atrofida pulni o'z hisobiga o'tkaza olmagan.

Xabar berilishicha, WikiLeaks saytini to'liq ishlashi uchun yiliga kamida 3,5 million AQSh dollari zarur bo'ladi.
XS
SM
MD
LG