Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:27

Mail.ru o'zining mikro-blog xizmatini ishga tushirmoqchi


Twitter xizmati rossiyalik internet foydalanuvchilari orasida ham mashhur.
Twitter xizmati rossiyalik internet foydalanuvchilari orasida ham mashhur.
Mail.ru internet-kompaniyasi o'zining mikro-blog xizmatini ishga tushirmoqchi. Xabarlarga ko'ra, .Ru domen hududida ishga tushiriladigan yangi xizmati taniqli Twitter sayti bilan raqobatdosh bo'ladi.

Bu haqda "Kommersant" gazetasi xabar bermoqda. Hozircha Mail.ru shirkati bu ma'lumotni tasdiqalagani yoq.

Mail.ru Group xoldingi 2010 yili tashkil topgan. Bu tashkilot "Odnoklassniki.ru" va "Moy mir" ijtimoiy tarmoqlari aksiyalarini to'lig'icha nazorat qiladi, hamda "VKontakte", "Facebook" kabi ijtimoiy tarmoqlar aksiyalarida o'z ulushiga ega.

Twitter mikroblog xizmati esa 2006 yili ishga tushgan. Ayni damda bu xizmat mikro-blog veb-saytlari orasida eng taniqlisidir. Twitter foydalanuvchisi kompyuter yoki mobil telefoni orqali saytdagi o'z sahifasida 140 belgigacha bo'lgan xabarlarni va "link"larni chop etishi mumkin.

So'ngi statistikaga ko'ra, bugungi kunga kelib Twitter veb-saytining 200 million faol foydalanuvchisi bor. Twitter rossiyalik internet foydalanuvchilar orasida ham katta obro'ga ega. Rossiyada mamlakat prezidenti Dmitriy Medvedev va boshqa bir qator yuqori lavozimdagi amaldorlar Twitterda o'z sahifasiga ega.

Eslatamiz, Mail.ru Group shirkati aksiyalarining katta qismi yangi texnologiyalarga katta e'tibor beruvchi O'zbekistonda tug'ilgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga tegishli.
XS
SM
MD
LG