Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:24

Mark Zukerberg dunyodagi eng katta ta'sirga ega bo'lganlar qatoridan joy oldi


Mark Zukerberg 2004 yili Facebook ijtimoiy tarmog'iga asos solgan edi.
Mark Zukerberg 2004 yili Facebook ijtimoiy tarmog'iga asos solgan edi.
O'tgan yili "Time" jurnali tarafidan yilning eng mashhur insoni deya tan olingan Mark Zukerberg bu yil "Forbes" jurnali tarafidan dunyodagi eng katta ta'sirga ega bo'lgan insonlar o'ntaligiga kiritildi.

AQSh prezidenti Barak Obama yetakchilik qilgan bu o'ntalikga Vladimir Putin, Angela Merkel, Bill Gates, Rim papasi Benedikt XVI va boshqa taniqli insonlar kirgan. Bu ro'yxatda 27 yoshli Zukerberg 9-o'rinni egalladi.

Bir necha yildirki 27 yoshida qariyb 17 milliard AQSh dollari egasiga Mark Zukerberg millionlagan yoshlar uchun o'ziga hos kumir bo'lib kelmoqda. U 2004 yili asos solgan Facebook sayti ayni damda dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunga kelib Facebookning 800 milliondan ziyod faol foydalanuvchisi bor.

Facebook tarmog'idan foydalanadigan o'zbekistonliklar soni 100 mingga yaqinlashib qoldi (92 ming). Bundan atigi 6 oy avval esa o'zbekistonlik facebookchilar son 50 mingni tashkil qilar edi.

Bundan tashqari Zukerberg "Forbes" jurnali tarafidan tuzilgan AQShning eng yosh milliarderlari ro'yxatini ham boshqarib keladi.

2010 yili Gollivudda Mark Zukerber va Facebook sayti haqida "Ijtimoiy tarmoq" filmi suratga olingan edi.

Facebook kabi katta shirkatda rahbarligiga va 17 milliardlik boyligi borligiga qaramasdan Zukerberg o'zining kamtarin hayot tarzi bilan ajralib turadi.
XS
SM
MD
LG