Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:39

Maykl Jeksonning vrachi hibsga olindi


Konrad Myurrey
Konrad Myurrey
Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning tasodifiy o‘limidan ikki yildan oshiqroq vaqt o‘tib, uning shaxsiy vrachi Konrad Myurrey qo‘shiqchi o‘limida aybli deb topildi va sud zalida hibsga olindi.

58 yoshli Konrad Myurrey noqasddan odam o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Tergovga ko‘ra, vrach Jeksonga o‘ta ko‘p miqdorda og‘riqni qoldiruvchi dori berib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Maykl Jeksonning vrachi Konrad Myurrey ustidan kechayotgan mahkamaga raislik qilayotgan hakam Maykl Pastor vrachni sud zalini o‘zida hibsga olish haqida hukm chiqardi.

Myurrey qo‘liga kishan solinib sud zalidan olib chiqib ketildi.

Konrad Myurrey to‘rt yilga qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin. Bu haqdagi sud qarori shu oy ohirida e‘lon etilishi kutilmoqda.

50 yashar pop-musiqa qiroli Maykl Jekson 2009 yil iyun oyida Beverli Hillsdagi uyida yiqilgan, behush holatda kasalxonaga olib ketilgan va shifoxonada yurak xurujidan olamdan o‘tgan edi.
XS
SM
MD
LG