Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:42

Silvio Berluskoni iste‘fo berishini aytdi


Italiya bosh vaziri Silvio Berluskoni mamlakat parlamenti Yevropa Ittifoqi talab etayotgan iqtisodiy islohotlar dasturini qabul qilsa, iste‘fo berishini aytgan.

Bu haqda Italiya prezidenti Jorjio Napolitano ma‘lum qildi.

Islohotlar dasturi shu oy Italiya parlamentida ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.

75 yashar Berluskoni balog‘at yoshiga yetmagan fohisha bilan jinsiy aloqa qilgani, buni uchun pul to‘lagani, o‘z vakolatini suiiste‘mol qilgani bilan bog‘liq siyosiy janjal markazida qolgan va mamlakat muxolifatining iste‘foga chiqish chaqiriqlarini rad etib kelayotgan edi.
XS
SM
MD
LG