Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:43

Futbol: O‘zbekiston-Shimoliy Koreya 1:0


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 noyabr kuni o‘z maydonida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamaosini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinning 49-daqiqasida yarim himoyachi Timur Kapadze burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan mehmonlar darvozasiga yo‘llab hisobni ochdi.

Mazkur uchrashuv Futbol bo‘yicha 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon birinchiligining 3-davra saralash o‘yinlari doirasida o‘tkazildi.

Pxenyanda 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyani 1:0 hisobida dog‘da qoldirgan edi.

15 noyabr kuni Toshkentda bo‘ladi navbatdagi o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Joriy yilning 2 sentyabrida boshlangan va 2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan bellashuvlar natijasida “S” guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqadi.

“S” guruhida O‘zbekiston va Shimoliy Koreyadan tashqari Tojikiston va Yaponiya terma jamoalari bor.

O'zbekiston - Shimoliy Koreya uchrashuvining eng esa qolarli vaziyatlari yozilgan videolavha:

XS
SM
MD
LG