Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:10

O‘zbek-tojik chegarasida otishma bo‘lgani xabar qilindi


Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi o‘zbek-tojik chegarasidagi harbiylar o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Interfaks agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Bekobod shahridagi chegara punktida sodir bo‘lgan hodisada hech kim jarohatlanmagan.

Agentlikning Tojkiston Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasidagi manbaga tayanib xabar qilishicha, O‘zbekiston chegarachilari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan Tojikiston fuqarosiga qarata o‘t ochgan.

Bunga javoban tojik chegarachilari havoga o‘q uzgan va qonunni buzgan fuqaroni o‘zlari qo‘lga olib, militsiya qo‘liga topshirgan.

Shuningdek, Interfaks xabariga ko‘ra buni inkor qilgan O‘zbekiston tomoni chegarani buzgan Tojikiston fuqarosini o‘zbek chegarachilari qo‘lga olganini va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan bu tojikistonlikni qo‘lga olish chog‘ida bir o‘zbek chegarachisi jarohatlanganini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG