Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:46

Braziliya 2014: O‘zbekiston-Tojikiston 3:0


O'zbekiston terma jamoasi.
O'zbekiston terma jamoasi.
Futbol bo‘yicha 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon chempionatiga 3-davra saralash o‘yinlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning birinchi qismini 1:0 hisobida yakunlagan o‘zbeklar ikkinchi qisimni 3:0 bilan yakunladi.

Birinchi gol o'yinning 35-daqiqasida Rossiya premyer-ligasida top surayotgan Sanjar Tursunov tarafidan urildi. Ikkinchi golga esa yana bir Rossiyada top surayotgan legionerimiz Odil Ahmedov uzoq masofadan turib mualliflik qildi. O'yindagi uchinchi golni Janubiy Koreyada top surayotgan Aleksandr Geynrix boshi bilan bergan zarba orqali qoyilmaqom tarzda kiritdi. Ushbu o'rinda Genyrixga to'p uzatgan Tursunov mahoratini alohida olqishlab o'tish lozim.

Afsuski, Aleksandr Geynrix tarafidan o'yinning so'nggi daqiqasida urilgan gol hakam tarafidan hisobga olinmadi. O'yindan tashqari holatda urildi deya baholangan golga bu safar ham Sanjar Tursunov assistentlik qilgan edi.

Ayni jamoalarning sentabr oyida Dushanbeda bo‘lgan o‘yinida O‘zbekiston termasi 1:0 hisobida g‘olib chiqqan edi.

Joriy yilning 2 sentyabrida boshlangan va 2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan bellashuvlar natijasida “C” guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanma olishi kerak. O'zbekiston va Yaponiya termalari ushbu masalani hal qilib bo'lishdi.

"C" guruhida 5 o'yin o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi so'nggi o'yinni 29 fevral kuni mehmonda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Yaponiya bilan Toshkentda durang o'ynagan, Shimoliy Koreya va Tojikiston jamoalarini ikki martadan mag'lub etgan O'zbekiston terma jamoasi ayni damda 13 ochko jamg'arib, "C" guruhida yetakchilikni qo'lga oldi.

5-tur o'yinlaridang so'ng "C" guruhi quyidagi ko'rinishga ega:

O'yin G'alaba Durang Mag'lubiyat Ochko
1. O'zbekiston 5 4 1 0 13
2. Yaponiya 5 3 1 1 10
3. Shimoliy Koreya 5 3 0 2 2
4. Tojikiston 5 0 0 5 0

15 noyabr kuni Toshkentda o'tgan O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvidagi gollar videolavhalari:

Sanjar Tursunov, 34-daqiqa:


Odil Ahmedov, 59-daqiqa:

Aleksandr Geynrix, 72-daqiqa:
XS
SM
MD
LG