Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:17

“Bahs maydoni”: O‘zbekistonning qo‘shnilarga munosabati qanday?


Qo‘shni resupblikalar chegaralaridagi noxush voqealarga davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi sovuchilik sabab bo‘lishi aytiladi.
Qo‘shni resupblikalar chegaralaridagi noxush voqealarga davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi sovuchilik sabab bo‘lishi aytiladi.
O‘zbekistonning qo‘shni davlatlarga nisbatan tutayotgan siyosati haqida nima deysiz? mavzusida tojikistonlik va o‘zbekistonlik tinglovchilar Bahs maydonida tortishadi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan so‘ng qo‘shni davlatlar bilan iliq munosabatlar o‘rnatishga harakat qildi deb bo‘lmaydi.

Zero, so‘nggi yillarda, ayniqsa, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaralar yanada mustahkamlandi, chegardosh hududlarga minalar ko‘mildi, tikanli simlar tortildi, xandaqlar qazildi. Chegaralarning u va bu tomonida yashayotgan aholining bordi-keldisi juda og‘irlashdi.

O‘zbekiston hukumati ayni paytda Tojikiston va Turkmaniston bilan viza tartibi joriy qilgan. Qirg‘iziston bilan amal qilgan viza tartibi ikki yil avval 60 kunlik vizasiz borib kelish tartibi bilan almashtirildi.

Kuni kecha Tojikistonning Nov tumani va O‘zbekistonning Bekobod shahri o‘rtasidagi xalq orasida “Plotina” deb yuritiladigan nazorat-o‘tkazuv postida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi. Chegarachilar o‘rtasidagi otishmada bir o‘zbek askari halok bo‘lgani haqida xabarlar bor.

O‘zbekiston hukumati viza tartibi terrorchi-ekstremistlar o‘tishining va narkotiklar kontrabandasining oldini olish maqsadida joriy qilinganini iddao qiladi.

Biroq Tojikistonda yashayotgan o‘zbeklar O‘zbekiston hukumatining qo‘shnilarga nisbatan tutayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlamasligini aytadi.

Bahs maydoni ishtirokchilari Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga qo‘shni bo‘lgan Tojikistonning Zafarobod tumanida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Begali Ashurmatov. U uzoq yillar hukumat idoralarida ishlagan, ayni paytda fermerlik qiladi.

Begali Ashurmatovning opponenti Jizzxa viloyatining Baxmal tumanida yashovchi tadbirkor, 54 yoshli Ochil Mirzayev.

Bahsni Begali Ashurmatov boshlab beradi:

Begali Ashurmatov: O‘zbekiston qo‘shnilarga nisbatan yaxshi siyosat olib bormayapti. O‘rtada viza joriy qilingan, bu bizga juda og‘ir tushyapti. Mana temir yo‘lni u yog‘ida, Xovos tumanida, 3 kilometr masofada qaynonam yashaydi. O‘sha og‘ir kasal bo‘lib qoldi. O‘layotganda ham, keyin ham marakalariga bora olmadik.... Bizning atrofimizda ko‘p otishmalar bo‘p turadi, chegarada. Bilasizmi, shu paytgacha tojikistondan18 kishi chegarachilar o‘qidan o‘ldirildi, bularning hammasi o‘zbeklar, ha, o‘zbeklar.....

Ochil Mirzayev: Birinchidan, siz qonunni o‘rganing, qonunni bilmasangiz, hech kim sizga yordam bermaydi. Agar zagranpasport olishingiz qiyin bo‘lsa, u sizning hukumatingizni muammosi. Endi qarangda, Tojikiston, Qirg‘izistonni o‘zi 7-5 million aholisi bo‘lsayu, bir-birini go‘shtini yeb yotgan bo‘lsa. Endi insof yuzasidan qarangda, biz 30 millionlik tinch va baxtli aholisi bor davlat chegaralarni ochib qo‘ysa, sizlardan kelib istagan ishini qilsa ham bo‘lmaydida, axir qonun-qoida bor....

Begali Ashurmatov: Men bu qonun-qoidalarni yaxshi bilaman. Chegaradan terrorchi o‘tishni istasa, shunday ham o‘tadi, narkotiklarni ham o‘tkazadigan odamlari bor. Oddiy xalqni qiynashning nima keragi bor?

Ochil Mirzayev: Menga qarang, men oddiy bir fuqaroman. O‘zbekiston bugun jannat, hech kim bunday qila olmagan. Men hukumatimizning siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlayman. O‘zbekiston Tojikiston bilan yaxshi bo‘lardi, lekin buni sizlar istamayapsizlarku. Imomali Rahmon Rog‘un GESini quraman deb, O‘rta Osiyo xalqini bunchalik xavfga qo‘ymagan bo‘lardi...

Begali Ashurmatov: Bu hukumatlar o‘rtasida hal qilinadigan ishlar. Lekin oddiy xalqning aybi nima? Nega chegaraning ikki tomonida yashovchi aholiga bir-biriga borib kelishi uchun kichik-kichik postlar ochib qo‘ymaydi, nega Tojikistonni blokada qilasizlar. Axborotingiz uchun, chegaraning bu tomonida ham tojikistonlik o‘zbeklar yashaydi...

Ochil Mirzayev: Tojikiston hukumati o‘zining xatolarini tan olib, bizning prezidentimiz huzuriga kelsin, maslahat so‘rasin...

Begali Ashurmatov: Davlat rahbarlari o‘zlari orasidagi har qanday shaxsiy ambitsiyalarni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, bizga tinchlik yaratib bersin, chegaralarni ochib qo‘ysin. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Germaniyani ham ikkiga bo‘lishgandi va keyin o‘rtadagi devor quladi. Bir kun kelib, men ishonaman, ikki qardosh xalq o‘rtasiga qo‘yilgan bunday sun‘iy to‘siqlar ham olib tashlanadi....

Ochil Mirzayev: Bizning davlatimiz teng huquqlilik asosida har qanday aloqani yaxshi yo‘lga qo‘yadi. Lekin bizni davlatimizga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgan, suvni qisqartirgan davlatlarga nisbatan o‘shanga yarasha muomala qilinadi....

Tojikistonlik Begali Ashurmatov bilan o‘zbekistonlik Ochil Mirzayev o‘rtasidagi bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG