Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:01

17 noyabr - Xalqaro talabalar kuni


Shu monosabat bilan "Yosh to'lqin" loyihasi zahmat chekib ilm olayotgan, dekan va prorektorlardan dashnom eshitib paxta terimiga chopayotgan va cho'ntagida hemiri bo'lmasa-da, "talabalik - oltin davr" gashtini mazza qilib surayotgan barcha talabalarni tabriklaydi.

Darvoqe, nega aynan 17 noyabr Xalqaro talabalar kuni deya tanlanganini bilasizmi? Bilmasangiz bilib oling.

Bundan roppa rosa 70 yil oldin, ya'ni 1941 yilning 17 noyabrida Buyuk Britaniya markazi Londonda fashizmga qarshi kurash olib borgan talabalarning kongressi bo'lib o'tgan. Kongress davomida bir qator dolzabr muammolarni hal qilgan talabalar, 1939 yili Praga shahrida o'tgan namoyish vaqtida fashizm qo'lidan taslim topgan va ta'qiblarga uchragan Chexoslovakiya talabalari xotirasiga 17 noyabrni Xalqaro talabalar kuni deya e'lon qilishgan.

Bu kunning bunday qayg'uli tarixga egaligi bilmagan o'zbek talabalarining aksariyati esa bugunni o'yin-kulgu bilan nishonlaydi.

Hurmatli talabalar, sizlarni atigi bittayu bitta bayramingiz deya qabul qilingan, lekin dam olish kuni deb belgilanmagan kuningiz bilan tabriklaymiz. Qiyinchiliklarga qaramasdan doimo ilmga chanqoq bo'ling va hech qachon zolimlar qo'lidan ta'qiblarga uchramang.
XS
SM
MD
LG