Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:42

Toshkentda USENET//2011 Internet-anjumani o‘tkaziladi


6 – 7 dekabr kunlari Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazida ilk bor USENET//2011 nomli professional Internet-konferentsiyasi o‘tkaziladi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad IT-mutaxassislari tajribasi va tayyorgarligini oshirish uchun mahalliy professional mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishdan iborat ekani aytilmoqda.

Gazeta.uz nashriga ko‘ra, Internet-reklamasi sohasida O‘zbekistondagi yetakchi shirkatlaridan biri hisoblangan Ledokol Group mazkur konferentsiyasining asosiy tashkilotchisi hisoblanadi.

O‘zbekistonda ko‘plab mustaqil Internet nashrlar saytlari doimiy ravishda to‘sib kelinadi. Chegara bilmas muxbirlar kabi xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni Internet dushmanlari ro‘yxatiga qo‘shgan.
XS
SM
MD
LG