Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:43

Tahrir maydonidagi to‘qnashuvda 10 kishi nobud bo‘ldi


Misr poytaxti Qohirada namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda kamida 10 kishi nobud bo‘ldi. Yakshanba kuni yuzlab askar va politsiya xodimlari poytaxt markazidagi Tahrir maydoniga chodirlar qurib olgan minglab namoyishchini tarqatib yuborish uchun maydonga bostirib kirdi.

Qohiraning Tahrir maydonida 20 noyabr kuni xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizadigan gaz, rezina o‘qlar va tayoqlarni ishlatdi.

Dastlab namoyishchilar hujumdan sarosimaga tushgan. Keyin ular guruhlarga bo‘linib maydonga qaytgan.

Reyters va Frans press axborot agentligi xabariga ko‘ra, 20 noyabr kungi zo‘ravonliklar paytida 11tagacha odam nobud bo‘lgan.

Qarama-qarshilik Tahrir maydonida boshlangan norozilik namoyishining ikkinchi kunida ro‘y berdi.

Misrning Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylariga asoslanib davlat televideniyesi zo‘ravonliklar oqibatida 10 kishi nobud bo‘lgani 324 kishi jarohatlanganini xabar qildi.

Namoyishchilar mamlakat boshqaruvini vaqtincha qo‘liga olgan harbiy rahbarlar o‘z salohiyatlarini kuchaytirishidan xavotir bildirib mamlakat boshqaruvini fuqaro rahbarga topshirilishini talab qilmoqda.

Davlat televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan bayonotda Tahrir maydonida ro‘y bergan to‘qnashuvlar mamlakatdagi siyosiy jarayonni izdan chiqaram olmasligi va hukumat parlament saylovi belgilanganidek 28 noyabr kuni boshlanishini ta‘minlashi ma‘lum qilingan.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari Misrda yana bir necha namoyishchi o‘lgani va yuzlab odam yaralanganini qoraladi.

Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosati mutasaddisi Ketrin Eshton tomonlarni og‘ir-bosiq bo‘lishga chaqirib, qurbonlar yaqinlariga ta‘ziya bildirdi.

Suvaysh shahrida politsiya xodimlari shahar markazida joylashgan politsiya idorasini shturm qilmoqchi bo‘lgan namoyishchilarni tarqatish uchun havoga qarata o‘q uzdi.

Frans press axborot agentligi xabariga ko‘ra, Misrning Qena va Assiut shaharlarida ham norozilik namoyishlar bo‘lgan. Misr xavfsizlik xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida 55 kishi hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG