Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:56

Ozarboyjonda islomni tanqid qilgan yozuvchiga hujum bo‘ldi


Ozarboyjonda islom dini va qadriyatlari haqida ko‘plab tanqidiy chiqishlar qilgan taniqli yozuvchi Rafiq Tag‘iga hujum qilindi.

Bakudan olingan xabarlarga ko‘pra, yozuvchiga uyiga qaytayotgan pallada hujumga uchragan va og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tag‘ining yaqinlaridan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, unga kamida besh bora pichoq urilgan.

Shifokorlar yetkazilgan jarohatlar yozuvchining hayotiga xavf solar darajada emasligini aytmoqda.

2007 yilda Baku sudi yozuvchini islom va musulmonlar payg‘ambari Muhammad alayhissalomni tanqid qilib yozgan maqolasi uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish hukmini chiqargan edi.
XS
SM
MD
LG