Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:44

Qaddafiyning o‘g‘li Sayful Islom Liviya janubida qo‘lga olindi


Sayful Islom ushlanganida shunday libosda bo'lgan.
Sayful Islom ushlanganida shunday libosda bo'lgan.
Liviya armiyasi qo‘mondonlari hokimiyatdan ag‘darilgan sobiq diktator Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Sayful Islom Liviya janubidagi Ubari shahri yaqinida qo‘lga olinganini e‘lon qildi. 19 noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘mondon Bashir al-Taylib muxbirlarga Sayful Islom hibsga olingani va Zintan shahriga jo‘natilishini aytdi.

Qo‘shni Niger hududiga yashirincha qochib o‘tishga uringan Sayful Islom bir necha tan qo‘riqchilari bilan qo‘lga olingan.

Haaga shahridagi BMT tribunali Liviyani 42 yil boshqargan Muammar Qaddafiy va uning yaqinlari, jumladan Sayful Islomni hukumatga qarshi isyonlarni bostirish paytida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblagan.

Haaga tribunali Muammar Qaddafiy, uning ayrim safdoshlari va o‘g‘illari, jumladan Sayful Islomga xalqaro qidiruv e‘lon qilgan.

Muammar Qaddafiyga qarshi qurolli kurash olib borgan isyonchilar avgust oyida Tripolini bosib olganidan beri Sayful Islom yaqinlari kabi yashirinib yurgan.

Xalqaro tribunal prokurori Luis Moreno Okampo Liviya O‘tish davri hukumati bilan Sayful Islom javobgarlikka tortilishi masalasini muhokama qilish uchun kelasi hafta Liviyaga safar qilishini bildirdi.

- Sayful Islom hibsga olingani yaxshi xabar. Bu juda muhim voqea. Chunki biz va hakamlar unni va otasi Muammar Qaddafiyni 17 fevraldan beri Liviyada sodir etilgan jinoyatlar uchun mas‘ul shaxslar deb bilamiz. Bu juda muhim voqea. U qo‘lga olindi, u tirik va endi adolatli sud oldida javob beradi. Bu juda muhim yangilik, - deya bayonot berdi xalqaro tribunal prokurori.

Yevropa Ittifoqi Liviya hukumatini Sayful Islomni javobgarlikka tortishda Xalqaro tribunal bilan to‘liq hamkorlik qilishga chaqirdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Livayadagi janglar oqibatida Sayful Islomning uch nafar ukasi Mutassim, Hamis va Sayful Arab halok bo‘lgan.

20 oktyabr kuni isënchilar tomonidan shavqatsizlarcha o‘ldirilgan Muammar Qaddafiy 25 oktyabr kuni sahrodagi maxfiy joyga ko‘mildi.

Liviya muvaqqat hukumati rasmiylariga ko‘ra, Qaddafiy bilan birga o‘ldirilgan o‘g‘li Mutassim va marhum diktator ërdamchilaridan biri ham “islomiy urfga ko‘ra” ayni joyga dafn etilgan.
XS
SM
MD
LG