Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:19

O'zbekiston rasmiylar ayollar zo‘rlanganini tan oldi


Rayhon Soatova
Rayhon Soatova
O‘tgan hafta O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi mamlakat qamoqlarida ichki ishlar xodimlari tomonidan zo‘rlangan ikki muhbusa ayol ishi bo‘yicha yengillik berdi.

Hibsdaligi paytida 12 militsioner tomonidan zo‘rlangani aytilgan Rayhon Soatovaning jazosi yumshatilib, manzil koloniyasiga o‘tkazildi. Yana bir voqeada qo‘qonlik Muxayyo Odilovaning tergov paytida militsiya zobiti tajovuziga uchraganini Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdukarim Shodiyev tan olgani aytilmoqda. Rasmiylarning bu qadamiga shu kunlarda BMT Inson huquqlari kengashida davom etayotgan majlis hamda xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga e‘tibori kuchayayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘tgan yili yetti yilga hukm qilingan Rayhon Soatova qamoqxonadan manzil koloniyasiga o‘tgan chorshanba kuni o‘tkazilgan edi. R. Soatova hibsdaligi paytida 12 nafar militsiya xodimi tomonidan zo‘rlangani haqida yaqinlariga gapirib bergan. U jinsiy tajovuz natijasida 2010 yilning dekabrida bola ko‘rgan edi. Biroq sud qaroriga ko‘ra o‘tkazilgan DNK tahlili, rasmiylarning aytishicha, qamoqda tug‘ilgan bolaning otasi kimligini aniqlab bera olmagan.

O‘tgan hafta shuningdek, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyev Oliy majlisda bo‘lib o‘tgan yig‘inda qo‘qonlik Muxayyo Odilova 2006 yilda tergov paytida militsiya zobiti tomonidan zo‘rlangani to‘g‘risidagi ma‘lumotni tasdiqlagani aytilmoqda. Parlament qo‘mitasidagi bu majlis to‘g‘risida O‘zbekiston inson huquqlari alьyansi o‘z manbalariga tayanib ma‘lum qildi. Tashkilot rahbari Yelena Urlayeva gapiradi:

- 2006 yilda qo‘qonlik Odilova Muhayyo uning oilasiga nisbatan mahalliy rasmiylar buyrug‘i bilan boshlangan ta‘qiblar natijasida qamoqqa tushgan edi. Uning otasi Farg‘ona viloyati IIBsi sobiq boshlig‘i bo‘lgan edi. Xullas u tovlamachilikda ayblanib, qamoqqa olingan va bu ishni olib borgan militsiya podpolkovnigi uni tergov paytida zo‘rlagan edi. O‘tgan hafta ishonchli manbadan olingan ma‘lumotga ko‘ra, parlamentda o‘tgan majlisda jazoni ijro etish boshqarmasi boshlig‘i Shodiyevdan bu haqda so‘rashgan va u mazkur ma‘lumotni tasdiqlagan,- deydi Yelena Urlayeva.

Uning aytishicha, M. Odilova ham militsiya zobiti tomonidan zo‘rlangach, homilador bo‘lgan. Vazir o‘rinbosari A. Shodiyev bu homilani to‘xtatish uchun unga 200 ming so‘m miqdorida pul bergan. Hozirda M. Odilova qamoqdan ozod qilingan, deya qo‘shimcha qildi Urlayeva.

Huquq faoli rasmiylarning qamoqlarda ayollar jinsiy tajovuz qurboni bo‘layotganini tan olishiga xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekistonga e‘tiborning kuchayayotgani turtki bo‘lganini aytadi.

- Menimcha, xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistondagi inson huquqlari masalasi xususida e‘tibori kuchaymoqda. Bunga AQSh davlat kotibi Hillari Klintonning tashrifi ham hissa qo‘shdi. Yevropa Ittifoqining bosimi ham sezilib turibdi. Bundan tashqari xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida ham qiynoqlar, ayollaoga nisbatan zo‘ravonlik masalalari tez-tez ko‘tarilib turibdi. Xususan YeIning so‘nggi hisobotlaridan birida O‘zbekistondagi gender muammolari ko‘tarilgan edi. Bularning hammasi menimcha, sal bo‘lsada ijobiy natijalarga turtki bo‘lmoqda, deydi O‘zbekiston inson huquqlari alьyansi rahbari Ye. Urlayeva.

O‘zbekiston Mustaqil inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov ham hamkasbi fikrlariga qo‘shilib, rasmiylarning R. Soatova va M. Odilova ishlariga diqqat qaratishiga shu kunlarda Jenevada davom etayotgan BMT Inson huquqlari kengashining qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi sessiyasi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deydi.

- Ko‘p holda masalan o‘sha BMT yoki Yevropa Ittifoqining qandaydir o‘sha yig‘ilishlari bo‘lishidan oldin O‘zbekiston borib hisobot yoki demak qandaydir ma‘ruza qiladigan bo‘lsa inson huquqlari borasida, albatta qandaydir bir yengillashtirish, kimnidir qamoq jazosidan vaqtliroq chiqarib yuborish, mana Rayhon Soatovani chiqarib nima qilgan, o‘zining ma‘ruzasida bizning hukumat delegatsiyasi mana shuni keltiradi. Ya‘ni “Bizlar mana shunaqa tadbirlar o‘tkazdik. Mana shularni ozod qildik, chiqardik, yengillashtirdik. Qanaqadir qonunni o‘zgartiribroq yozib, mana shunaqa o‘zgartirgani to‘g‘risida, reformalar qilayapmiz” degan narsalarni ko‘rsatadi,- deydi S. Ikromov.

BMT Inson huquqlari kengashi sessiyalarida odatda O‘zbekistondan Inson huquqlari Milliy markazi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Parlament vakillari ishtirok etadi.
XS
SM
MD
LG