Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:17

Atambayev Rossiyaga va‘da berdi


Qirg‘iziston chegarasini Rossiya harbiylari qo‘riqlashi mumkin.
Qirg‘iziston chegarasini Rossiya harbiylari qo‘riqlashi mumkin.
Rossiyaning “Izvestiya” gazetasiga suhbat bergan Almazbek Atambayev Qirg‘iziston Kreml irodasi bilan tashkil etilgan Boj ittifoqiga qo‘shilishga tayyor ekanini bildirdi.

Qirg‘izistonning saylangan prezidenti, amaldagi Bosh vazir Atambayevga ko‘ra, Qirg‘izistonning Boj ittifoqiga qo‘shilishi Rossiya harbiylarining bu mamlakat hududidagi hozirligi uchun asos bo‘ladi.

Atambayev rossiyalik hamkasbi Putin bilan Qirg‘iziston prezidentligiga saylanishidan 20 kun avvalroq, ya‘ni 2011 yilning 10 oktyabrida uchrashgan edi.
Atambayev rossiyalik hamkasbi Putin bilan Qirg‘iziston prezidentligiga saylanishidan 20 kun avvalroq, ya‘ni 2011 yilning 10 oktyabrida uchrashgan edi.
“Agar Qirg‘iziston Boj ittifoqiga qo‘shilsa, bizning chegaralarimiz o‘z-o‘zidan Rossiyaning tashqi chegarasiga aylanadi. Bu chegarani biz Rossiya bilan hamkorlikda qo‘riqlaymiz”, degan Almazbek Atambayev “Izvestiya” gazetasiga bergan suhbatida.

Atambayev, shuningdek, suhbat davomida Qirg‘izistonda joylashgan Rossiya harbiy bo‘linmalarini birlashtirgan yagona harbiy baza tuzilishini ham ta‘kidlagan. Gap shundaki, Qirg‘izistonda Rossiyaning bir harbiy havo bazasi va 4 ta harbiy ob‘ekti bor.

Bishkeklik siyosatshunos Iskander O‘rmonning aytishicha, Atambayevning mazkur bayonoti Qirg‘iziston mustaqilligiga tahdid sifatida baholanishi lozim.

- Rossiya harbiylarining mamlakatga kiritilishi Qirg‘iziston mustaqilligini tahdid ostiga qo‘yadi. Chegarani o‘zga mamlakat ixtiyoriga topshirib qo‘ygan hukumat iqtisodiy, siyosiy masalalarni mustaqil hal eta olmaydi. Shuning uchun Atambayevning mazkur bayonotini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish kerak, -dedi Iskander O‘rmon.

Ayrim tahlilchilar qirg‘iz harbiylari ruslarsiz ham mamlakat xavfsizligini ta‘minlay oladi, deb hisoblaydilar.
Ayrim tahlilchilar qirg‘iz harbiylari ruslarsiz ham mamlakat xavfsizligini ta‘minlay oladi, deb hisoblaydilar.
Ayni paytda xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert To‘qto‘g‘ul Qaqchikeyev, 2014 yilgacha NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi ortidan mintaqada tahdidlar kuchayishini esga olgan holda, chegaralarning Rossiya bilan hamkorlikda qo‘riqlanishi ayni muddao bo‘ladi, degan fikrda:

- Bu juda to‘g‘ri qaror. Agar chegara Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda qo‘riqlansa turli tahdidlar va beqarorliklarning oldi olingan bo‘ladi, -dedi To‘qto‘g‘ul Qaqchikeyev.

Ayrim tahlilchilar esa AQSh harbiy tranzit markazi joylashtirilgan Qirg‘iziston hududiga Rossiya chegarachilarining kiritilishi va mamlakatda rus harbiylari hozirligining kuchaytirilishi mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga keskin ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini aytishmoqda.

Qirg‘izistonda AQSh tranzit markazidan tashqari Rossiyaning 1 ta bazasi va 4 ta harbiy ob‘ekti joylashgan.
Qirg‘izistonda AQSh tranzit markazidan tashqari Rossiyaning 1 ta bazasi va 4 ta harbiy ob‘ekti joylashgan.
- AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi taranglik yaqqol sezila boshlandi. Masalan, Siriya borasidagi kelishmovchiliklar bunga eng oddiy dalil bo‘la oladi. BMTda ovoz berish jarayonida AQSh va Rossiya o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘layapti. Ayni paytda Afg‘oniston, Pokiston va Qirg‘iziston masalasida AQSh bilan Rossiyaning siyosati bir hil. Shuning uchun Qirg‘izistonga Rossiya harbiylarining kiritilishi AQSh va Rossiya o‘rtasida katta siyosiy savdolashuvga sabab bo‘ladi, -dedi tahlichi Kubat Ko‘jo‘naliyev.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, Almazbek Atambayev Qirg‘iziston hukumatida Boj ittifoqiga tezlikda qo‘shilish tarafdori bo‘lgan siyosatchilardan biri. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘murbek Babanov esa Qirg‘izistonning Boj ittifoqiga qo‘shilishiga hali erta ekanini aytib keladi. Ayni paytda Qirg‘iziston jamoatchiligi, jumladan, Rossiya va Qozog‘istonni kiyim-kechak bilan ta‘minlayotgan qirg‘iz yengil sanoat birlashmalari Boj ittifoqiga qo‘shilishga qarshi chiqishmoqda.

Bojxona ittifoqi Moskva tashabbusi bilan 2009 yilda tashkil etilgan. Unga Rossiya, Qozog‘iston va Belorus a‘zo bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG