Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:11

Sarvar Jeparov yana bir bor yil o‘yinchisi


O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov
O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Sarvar Jeparov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan ikkinchi marotaba “yilning eng yaxshi o‘yinchisi” deya tan olindi.

29 yoshli yarim himoyachi 2008 yilda ham "yilning eng yaxshi o'yinchisi" maqomini olgan edi. Ikki karra bunday sharafga erishgan Djeparov bo borada taniqli yaponiyalik futbolchi Xidetoshi Nakataga yetib oldi.

OFK saytida aytilishicha, Server Jeparovning O'zbekiston terma jamoasi safida joriy yilda o'tgan Osiyo kubogida ko'rsatgan mahorati va klublardagi yuqori sifatdagi o'yini bilan ushbu sovringa loyiq deb topildi.

Sovrinni FIFA prezidenti Zep Blatter va OFK amaldagi prezidenti Jang Jilong qo'llaridan ekan, Jeparov ikki karra bu sovringa sazovor bo'lishidan mamnun ekanligini aytib o'tdi.

- 2008 yildan so'ng bu sovrinni yana bir bor olishimdan men juda hursandman. Bu sovrinni olish har bir o'yinchining orzusidir. Umid qilamanki, bu men erishgan so'nggi yutuq emas va oldinda meni yangi marralar kutmoqda, - dedi ayni damda Saudiyaning "Al Shabab" jamoasida to'p surayotgan Jeparov.

Xabarlarga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan kubokni OFKning o'zbekistonlik xodimi Avaz Berdiqulovning o'g'li Bilol Berdiqulov sahnaga olib chiqdi.



23 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) yilning eng yaxshilari taqdirlash marosimi O'zbekiston uchun juda sermahsul o'tdi. Server Jeparovdan tashqari, referi Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Abduhamidullo Rasulovlar yilning eng yaxshi hakami va qanot hakami sovrinlariga ega bo'lishdi. Bu sovrin Ravshan Ermatov uchun to'rtinchisi bo'ldi.
XS
SM
MD
LG