Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:37

O‘zbekistonda tug‘ilish sur‘ati kamaydi


Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichi 20,8 promille, ya‘ni har ming kishiga qariyb 21 bir chaqaloqni tashkil qildi.

Agar bu raqamni O‘zbekistondagi 28,2 million aholiga nisbatan olsak, o‘tgan to‘qqiz oy davomida taxminan 560 ming bola tug‘ilgan demakdir.

CA-NEWS saytining O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasiga tayangan holda yoyinlagan ma‘lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 promillega kamaygan.

Bu davrda O‘zbekistondagi o‘lim ko‘rsatkichi 4,7 promille (jami qariyb 133 ming kishi) bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 promillega ko‘paygan.

O‘zbekistonda keyingi yillarda tug‘ishni kamaytirishga qaratilgan urinishlar kuchaymoqda.

Xususan, o‘zbek oilalarida bolalar sonini ikkitadan ko‘paytirmaslik talab qilinayotgani to‘g‘risida xabar qilinmoqda.

Kuzatuvlarga ko‘ra, tug‘ish yoshidagi ayollar agar farzandlari ikkita bo‘lsa, ularga majburiy ravishda bachadon ichi vositasi (spiral) qo‘yilmoqda yoki ular sterilizatsiya qilinmoqda, ya‘ni bichilmoqda.

Ixtiyoriy ekani aytilayotgan sterilizatsiya jarayoni aksar hollarda majburiy tarzda o‘tkazilayotgani haqida juda ko‘plab ma‘lumotlar bor.
XS
SM
MD
LG