Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:34

O‘zbekiston "Aeroflot" reyslariga rozilik bermadi


Russia -- An Aeroflot-Nord Boeing-737 at Sheremetyevo Airport, Moscow, 28Mar2010
Russia -- An Aeroflot-Nord Boeing-737 at Sheremetyevo Airport, Moscow, 28Mar2010
O‘zbekiston Rossiyaning “Aeroflot” aviashirkati samolyotlarini mamlakat havo hududiga kiritmay qo‘ygani aytilmoqda. “Izvestiya” gazetasining ma‘lum qilishicha, rus aviakompaniyasi yuzlab biletalar pulini mijozlarga qaytib berishga majbur bo‘lmoqda.

Xususan, deyiladi xabarda, “Aeroflot” 15 noyabr kunidan boshlab Samarqand shahriga reyslarni amalga oshirishni rejalashtirgan, biroq O‘zbekiston rasmiylari so‘nggi daqiqada bu yo‘nalish bo‘yicha samolyotlar qatnoviga rozilik bermagan.

Ma‘lum bo‘lishicha, O‘zbekiston tomoni o‘z qarorini reyslar pariteti saqlanib qolishi lozimligi bilan izohlamoqda.

“Aeroflot” shirkati Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga oltita reys amalga oshirishni niyat qilinganini aytmoqda. Hozir esa, bu shirkat Samarqandga uchmoqchi bo‘lganlarga Toshkentgacha yetib olishni taklif qilishga majbur bo‘lmoqda.

“Aeroflot” bu hodisadan ko‘rgan zarar 200 ming AQSh dollari deya baholanmoqda.
XS
SM
MD
LG