Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:42

SSSRni qo‘msaysizmi?


SSSRning parchalanganiga, 15 respublikani o‘zida birlashtirgan qudratli davlatning qulaganiga 20 yil to‘ldi.

20 yil burun paydo bo‘lgan yangi mustaqil davlatlar rahbarlari o‘z xalqlariga "endi SSSRdan ham zo‘r yashaymiz", degan va‘dalarni bergan edilar.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ham mustaqillikning ilk yillarida "Avgust kelsa mana bunday yashaymiz" deb bosh barmog‘ini ko‘rsatgan edi.

Undan so‘ng necha avgustlar o‘tib ketdi. O‘zbekistonda yashagan o‘rta va katta yoshdagi odamlarning aksariyati xalqning turmush tarzi mustaqillik yillarida SSSR davriga nisbatan og‘irlashib borayotganini aytadilar.

Sobiq ittifoq davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham SSSR davrini qo‘msab yashayotganlar, SSSR parchalanmasa yaxshi bo‘lardi, deguvchilar bor.

Biroq shu bilan birga, hayot og‘ir bo‘lsa ham, mustaqillik ming marta yaxshi deguvchilar bor.

Bu safargi bahs mavzusi ana shu.

Bahslashuvchilardan biri Qo‘qon shahridagi 15- mahalla faoli, 57 yoshli Odinaxon Qodirova. U 35 yil meditsina sohasida ishlab, pensiyaga chiqqan.

Odinaxon Qodirovaning raqibi 35 yoshli andijonlik Shohidaxon Sodiqova. Shohidaxon 15 yil o‘qituvchilik qilgan. O‘qituvchilikdan topayotgan maoshi oilani tebratishga yetmaganidan so‘ng¸ Rossiyaga ishlagani ketgan. Ayni paytda mehnat muhojiri.

Bu ikki bahslashuvchi ham SSSR paytida ishlagan, o‘sha davrni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.

Xo‘sh, SSSRning parchalanishi yaxshi bo‘ldimi yoki yomon. Bahs ana shu savoldan boshlandi:

Odinaxon Qodirova: Men uchun mamlakatimizning mustaqil bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Chunki SSSR paytida biz rivojlanmaganmiz. Mana mustaqillik paytida rivojlanib ketdik. Mustaqillik ham darrov bo‘lmagan. Mana, Amerika uchun yaxshi yashashga 150 yil ketdi...

Shohidaxon Sodiqova: Siz O‘zbekistonni Amerikaga tenglashtirmang. Amerikada demokratiya bor, bizda esa umuman yo‘q...

Odinaxon Qodirova: Andijonlik bo‘lsangiz Andijonni bilasizmi, qanaqa rivojlanib, chiroyli bo‘lib ketdi...

Shohidaxon Sodiqova: Andijon chiroyli bo‘lgani bilan, xalqning qanaqa yashayotganini bilasizmi? Mustaqil bo‘lganimizdan keyin muhojir bo‘lmagan odam qolmadi...

Odinaxon Qodirova: O‘sha sizni sovet davringizdagi Qo‘qonni ko‘ringu, hozirgi Qo‘qonni ko‘ring...

Shohidaxon Sodiqova: Men xalqning manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yaman, tashi yaltiroq ichi qaltiroq mustaqillikni men nima qilaman...

Odinaxon Qodirova: Bu sizga o‘xshagan noshukur odamlarning gapi bo‘lsa kerak...

Shohidaxon Sodiqova: Sovet davrida xalq yaxshi yashardi, o‘qituvchilarga imtiyozlar bor edi, oyliklar o‘z vaqtida berilardi. Endichi, maoshlar 100 foiz plastik kartochkalarga o‘tkazilyapti, odamlar qiynalib qoldiku...

Odinaxon Qodirova: Meni bir so‘m pulim ham plastik kartochkaga o‘tgani yo‘q, bu ixtiyoriy...

Shohidaxon Sodiqova: Albatta, siz mahalla faoli bo‘lsangiz, sizni pulingizni o‘tkazishmaydida. Siz amaldorlarni qo‘llab quvvatlaysiz...

Odinaxon Qodirova: Bekor aytibsiz, men hech qaysi amaldorga patxalimlik qilganim yo‘q. Xalqimiz dovolniy yashayapti, bu sizlar noshukur bandalar....

Shohidaxon Sodiqova: Siz bitta savolimga javob bering. Nega 7 millionga yaqin o‘zbekistonlik mamlakatdan tashqariga chiqib mardikorlik qilyapti, shunga javob bering. Sovetlar davrida mardikor degan so‘zning o‘zi yo‘q ediku...

Odinaxon Qodirova va Shohidaxon Sodiqova o‘rtasidagi bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG