Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 19:01

2012 yildagi chempionat O‘zbekistonda o‘tmaydi


FIFA ijroiya qo‘mitasi yigirma yoshli qizlar o‘rtasida 2012 yili o‘tkazilajak jahon chempionatiga mezbonlikni O‘zbekistondan olib Yaponiyaga berdi.

Xalqaro futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar qilinishcha, bunday qarorga O‘zbekistonning chempionatni o‘tkazishga "qator texnik sabablarga ko‘ra" tayyor emasligi sabab bo‘lgan.

Mazkur musobaqa dastavval Vyetnamda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq FIFA Vyetnam bu qadar yirik sport anjumanini o‘tkazishga qodir emas, degan qarorga kelgan. Shu vajdan shu yil mart oyida musobaqaga mezbonlik qilish O‘zbekistonga topshirilgandi.

16-17 dekabr kunlari Tokioda o‘tgan muzokaralar natijasiga ko‘ra esa FIFA ijroiya qo‘mitasi O‘zbekistonni ham Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqidan mahrum qilgan.

Ayni paytda FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasiga mazkur sport anjumaniga tayyorgarlik borasidagi sa‘y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan va kelajakda ana shunday yirik sport tadbirlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazishga va‘da bergan.

FIFA bayonotida chempionat o‘tkaziladigan mamlakat sifatida Yaponiya taklif etilgani, biroq anjumanga mezbonlik qiladigan davlat nomi Yaponiya hukumatidan JChni o‘tkazish uchun tegishli kafolat olinganidan so‘ng e‘lon qilinishi qayd etiladi.
XS
SM
MD
LG