Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:54

O‘zbekistonda biometrik pasport 10 kun muddat ichida beriladi


O‘zbekistonda biometrik pasport 10 kun muddat ichida beriladi
Fuqarolarga uch turda – fuqarolik pasporti, fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun harakatlanish hujjati va diplomatik pasportlar berilmoqda.
25.12.2011
Mehribon
O‘zbekistonda biometrik pasport b
O‘zbekistonda biometrik pasport 10 kun muddat ichida beriladi Fuqarolarga uch turda – fuqarolik pasporti, fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun harakatlanish hujjati va diplomatik pasportlar berilmoqda. 25.12.2011 Mehribon O‘zbekistonda biometrik pasport b
O‘zbekistonda biometrik pasport barcha yoshdagilarga, hatto 1 yoshga to‘lmagan go‘dakka ham beriladi.

Bu haqda Toshkent shahar Fuqarolarning xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Shuxrat Xo‘jayev "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan intervьyusida aytgan.

Xo‘jayevga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 10 yil muddatga, mamlakatda yashayotgan 16 yoshga to‘lgan va to‘lmagan fuqaroligi yo‘q shaxslarga besh yil muddatga beriladi.

“Agar bola bir yoshga to‘lmagan bo‘lsa, u ota-onasi bilan xorijga ketayotgan bo‘lsa ikki yilga beriladi. 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan, xorijga ketayotganlarga besh yilga beriladi. Biroq bolaning pasport olish yoshiga yetishi bu yerda inobatga olinadi. Masalan, 13 yoshdagi o‘smir xorijga ketishi zarur bo‘lsa, unga pasport 3 yil muddatga beriladi va u 16 yoshga to‘lganida yangi biometrik pasport olishi zarur” deydi podpolkovnik Shuxrat Xo‘jayev.

Biometrik pasportlar O‘zbekiston IIV fuqarolarning xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘limlari tomonidan berilmoqda. Tartibga ko‘ra, fuqaroning biometrik ma‘lumotlari olinganidan so‘ng, u 10 kun ichida biometrik pasportni qo‘liga oladi.

Agar biometrik pasport rasmiylashtirilayotgan fuqaroning hujjatida muddati o‘tmagan chiqish vizasi bo‘lsa, u fuqaroning xohishiga ko‘ra, avtomatik tarzda yangi pasportga o‘tkaziladi.

Fuqarolarga uch turda – fuqarolik pasporti, fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun harakatlanish hujjati va diplomatik pasportlar berilmoqda.

Xo‘jayevga ko‘ra, ayni paytda biometrik pasportni ommaviy trazda berish boshlanmagan.

“Yangi pasportni 16 yoshga to‘lganlar va bu yoshga kirmagan bo‘lsada, xorijga ketmoqchi bo‘lganlar, bu yil kim 25 va 45 yoshga to‘lgan bo‘lsa ya‘ni pasportini almashtirish muddati kelgan bo‘lsa. Kimniki pasporti yo‘qolgan bo‘lsa va shuningdek, xorijga ketayotgan fuqarolarga beriladi", deydi podpolkovnik Shuxrat Xo‘jayev "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan intervyusida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, yangi biometrik pasport olayotgan fuqarolar eng kam ish haqining 50 foizi (31 ming 460 so‘m) miqdorida davlat solig‘i to‘laydi.

O‘zbek mulozimlari mamlakatdan tashqarida yashayotgan o‘zbekistonliklarning pasport almashtirishida muammo bo‘lmasligini ham ta‘kidlamoqda.

“Xorijda yurganlar xorijda konsullik ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yerning o‘zida almashtirish imkoni bor. Biz kelajakda O‘zbekistonning xorijdagi konsulliklarini biometrik pasport bera oladigan apparatlar bilan ta‘minlaymiz. Bu kelgusi yilga mo‘ljallangan”,- degan edi O‘zbekiston IIV Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimi Ulug‘bek Toshmirzayev Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda.

Yangi pasport berilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu jarayon 2015 yilgacha davom etadi.

Fuqarolarning ayni paytdagi pasportlari mavjud qonunga binoan 2015 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.
XS
SM
MD
LG