Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:16

Farhod Tolipov : Men oliygohlardagi "Pavlik Morozovlarga" qarshiman


O‘zbekiston Oliy va maxsus ta‘lim vazirligi o‘z tizimidagi oliygoh talaba va o‘qituvchilari yurish turishini belgilovchi maromnomani chop qildi.

Mayda harflar bilan yozilgan va 23 varaqqa jo bo‘lgan bu hujjat oliy o‘quv yurtidagi farroshdan tortib professorgacha bo‘lgan kishilarning oliygoh hududida nima kiymasligi va nima qilmasligini belgilaydi.

1 yanvardan kuchga kirgan tavsiyaviy hujjat talaba va o‘quvchilarning yelka, qorin va ko‘kraklarini ochib yurishini taqiqlaydi.

Badanga yopishib turuvchi tor kiyimlar, tizzadan yuqori etaklar va sport kiyimlarida yurish ham bu hujjat taqiq doirasiga kirgan.

Shuningdek zanjirlar, temir qisqichlar, marjon va boshqa osildiriqlar taqish, diniy kiyimlarda yurish ham O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida taqiq ostiga olindi.

Talaba va professorlarning internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda oliy o‘quv yurtlari ichki muammolariga oid ma‘lumotlarni oshkor qilishini ham Oliy ta‘lim vazirligi yo‘riqnomasi cheklab qo‘ydi.

Yo‘riqnoma qoidalaridan biri oliy o‘quv yurti talabalari zimmasiga “ekstremist” ruhdagi “ijtimoiy xavfli” elementlar haqida rahbariyatga muntazam ma‘lumot yetkazib turishni yuklaydi.

Toshkent oliygohlarida uzoq yillardan beri dars berib kelayotgan siyosatshunos Farhod Tolipov, umumiyatla bu yoriqnomani yoqlasada, chaqmachaqarlikning Pavlik Morozov misolidagi ko‘rinishlariga qarshi ekanligini bildirdi.

Pavlik Morozov o‘z otasini chaqib qamattirib yuborgan sovet pioneri bo‘lgan.

Farhod Tolipov bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG