Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:26

@GulnaraKarimova qirg‘izistonliklarni shafqatsizlikda aybladi


O‘zbekiston prezidenti to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ekani aytiladigan Twitter foydalanuvchisi qirg‘izistonlik faol tvitterchilar bilan bahsga kirishdi.

Qizg‘in "tvit" bahsi va ikki tomonlama ayblovlarga boy bo‘lgan muloqot asosan O‘sh voqealari va millatchilik xaqida bo‘ldi.

Bahsning boshlanishi

8 yanvarda boshlanib, ikki kun davom etgan bahsga qirg‘izistonlik Twitter foydalanuvchilarining Gulnora Karimova sahifasiga nisbatan shubhasi sabab bo‘ldi.

Dastlab Maqsat Damir O‘g‘li (@MaksatD) nomli "tvitterchi" O‘zbekiston prezidenti qiziga tegishliligi aytilayotgan Twitter sahifasi ortida chindan ham Gulnora Karimovaning o‘zi turganligini aniqlash maqsadida mana bunday "tvit" qoldirdi:

- @GulnaraKarimova atigi 25 kishini o‘qir (follow) ekan va ularning barchasi Rossiyadan :) O‘qigani O‘zbekistondan xech kim yo‘qmidi?, - deb savol berdi @MaksatD.

O‘z shaьniga yozilgan "tvit"larga javob berishni odat qilgan @GulnaraKarimova’ga @MaksatD’ning yozgani yoqmadi shekilli, ikki "tvitterchi" ko‘z ochib yumguncha qizg‘in bahsga kirishdi. Uzoq davom etgan bahs so‘nggida o‘zini Karimova deb atayotgan "tvitterchi" Maksatni millatchilikda aybladi.

"Yosh to‘lqin" (Ozodlikning yoshlar dasturi - tahr.) taxririyati asli bishkeklik 26 yoshli Maksat Damir O‘g‘li bilan bog‘lanib, uning prezident qiziga bergan savoli xaqida so‘radi.

- Meni @GulnaraKarimova sahifasida chindan ham O‘zbekiston prezidentining qizi o‘zi yozyaptimi, yo‘qmi, degan savol qiziqtirayotgan edi, xolos. Mening savolim yoqmadi shekilli, u kishi meni birpasda millatchiga chiqardi. Menimcha bu kishi chindan xam Gulnora Karimova emas,- deydi @GulnaraKarimova sahifasini shubha ostiga olgan "tvitterchi" Maksat Damir O‘g‘li.

@GulnaraKarimova chindan ham Gulnora Karimovami?

Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi, O‘zbekistonning BMTdagi vakili va Ispaniyadagi elchisi Gulnora Karimovaga tegishli ekani iddao qiliniyotgan Twitter sahifasi ochilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramasdan sahifa tez-tez yangilanib turadi va bugungi kunga kelib uch mingdan ziyod izdoshiga (follower) ega.

Bu sahifa chindan ham Gulnora Karimovaga tegishli ekaniga ishora qiluvchi qator omillar bor. Xususan, sahifada asosan Karimovaning shaxsiy hayotiga va ish faoliyatiga oid "tvit"lar, yaьni xabarlar chop etiladi. Prezident qizining moda olamidagi faoliyati va u yetakchilik qiladigan Fond Forum jamg‘armasiga oid "tvit"lar shulardandir.

@GulnaraKarimova qirg‘izstonliklarni millatchilikda aybladi

Twitter sahifasida bir necha qirg‘izistonlik bilan bahslashgan @GulnaraKarimova qirg‘izsitonlik etnik qirg‘izlarni millatchilikda va 2010 yilda ro‘y bo‘lgan O‘sh voqealari paytida shafqatsizlik qilganlikda aybladi.

- Yaxshiroq yashaganlar ortidan tayoq ko‘tarib yugurgandan ko‘ra, o‘zingizdan gina qilsangiz yaxshi bo‘lar edi...

@GulnaraKarimova sahifasidan parcha.
@GulnaraKarimova sahifasidan parcha.
O‘z ichki muammolaringizni janubda har doim mehnat bilan kun ko‘rgan va shu sababli yaxshi hayot kechiradigan kishilar ustiga ag‘dardingiz.

Bu kin-adovat doim bo‘lgan, hasad ham... tarixan shunaqa bo‘lib kelgan… ana shundaylarga achinish kerak aslida... men qizilqiya shahri yaqinida o‘sganman… u paytda bunaqa milliy adovat yo‘q edi… uylar yonma-yon turardi... ammo unda yegulik bugungidek faqat Moskva ko‘chalarini supurayotganlarning uyidagina emas, hammaning uyida bor edi... o‘zaro hurmat ham bor edi... Va olamning kindigi bo‘yicha vallomat mutaxassislar, dunyo fuqarolari ham yo‘q edi... balki binoyiday qirg‘izlar bor edi!

Endi esa avtomat bilan zavod yoki kompaniyani va shunga o‘xshash joylarni bosib olish mumkin bo‘lgan, ish o‘rinlari yo‘q bo‘lgan mamlakatda hamma narsa alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib yotibdi... ana shunaqa fojea! Yana bunaqa fojea haqida hazil-mazax bilan gapiradiganlar ham topilayapti!!!, - deb yozdi o‘zini Gulnora Karimova deya tanishtirgan @GulnaraKarimova bir nechta "tvitda" (1, 2, 3, 4, 5, 6).

"Otam va singlimdan boshqa qarindoshlarim ham bor"

Bahs qizg‘in pallaga chiqganda qirg‘izstonlik tvitterchi Ulan (@kanTulan) internet nashrlarida chop etilgan Karimovlar oilasiga oid maqolalarga "link"larni @GulnaraKarimova’ga uzata boshladi.

Ulan uzatgan "link"larning birinchisi Nyu Yorkda o‘tgan moda haftaligidan Gulnora Karimovaning haydalgani, ikkinchisi esa Lola Karimovaning "diktatorning qizi" ekanligi xaqida edi.

Bunga javoban @GulnaraKarimova shuday yozdi:

- Aftidan, freekg’da (Qirg‘izston tvitterchilariga ishora - tahr.) tirnoq ostidan kir qidiradigan qoloq ommani nafaqat men va mening otam, balki mening singlim ham qiziqtirar ekan... Meni boshqa qarindoshlarim ham bor... ko‘p..., - deya javob berdi ikkita "tvit"da @GulnaraKarimova (1, 2).

Prezident qizining tarafdorlari ko‘pligi ma‘lum bo‘ldi

Tvitterchi @GulnaraKarimova ning qirg‘izistonlik mikro-bloggerlar bilan bahsi davomida Karimova tarafini olganlar ham ko‘p bo‘ldi. Ularning aksar qismi @GulnaraKarimova ga qirg‘izstonlik tvitterchilarga eьtibor bermaslikni tavsiya qildi.

- Siz ajoyibsiz... bu yerni kasal insonlar bosib olgan... siz esa bunga eьtibor ham bermaysiz :) axir bu zo‘r-ku?! Rahmat, - deb yozdi tvitterchi @sukhrob_kenjaev.
XS
SM
MD
LG