Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:23

Rim papasi bir jinsli nikoh va abortga qarshi gapirdi


Rim papasining bu boradagi bayonotini Vatikanda ro‘yxatga olingan 180ga yaqin davlat diplomati tingladi.

Rima papasi 84 yoshli Benedikt 16 hafta avvalida bergan bayonotida bir jinsli nikohlarning insoniyat taqdiri uchun katta xavf ekani haqida so‘zladi.

Rim papasi Vatikanda ro‘yxatdan o‘tgan diplomatlarni qabul qildi va dunyo ahliga o‘znining yillik murojaatini yo‘lladi.

2011 yilda bo‘lgan muhim siyosiy voqealarni tilga olgan Benedikt 16ning jiddiy bayonotlaridan biri yana yoshlar tarbiyasi, ahloqi, insoniyatning taqdiri xususida bo‘ldi.

Benedikt 16 yoshlarning tarbiyasi mustahkam bo‘lishi uchun har bir jamiyat poydevori bo‘lgan oila qadriyatlari buzilmasligi kerakligidan gapirdi.

“Buyuk ehtirom erkak va ayol nikohidan qurilgan oilagadir. Bu shunchaki oddiy ijtimoiy an‘ana emas, bu har bir jamiyatning asos poydevoridir. Oila qadriyatiga putur yetkazayotgan siyosatlar o‘z harakati bilan insoniyat sha‘ni va kelajagiga tahdid solmoqdalar”, dedi jumladan Rima papasi Benedikt 16 o‘z murojaatida.

U murojaati davomida bir jinsli nikohga ruxsat berayotgan davlatlarni tanqid qildi.

Shuningdek, Rim papasi bu gal abortga ruxsatning qonuniylashtirilayotganini ham keskin tanqid qildi.

G‘arbda “abortga nafaqat ruxsat beruvchi, balki ayni paytda tibbiy
sabablar bilan buni targ‘ib ham qiluvchi qonuniy choralar yoshlarning ahloqiga va oxir-oqibat, insoniyat taqdiriga jiddiy xavf solishiga ishonchim komil”, dedi jumladan Rim papasi.

Rim papasi murojaatini Vatikanda ro‘yxatga olingan 180ga yaqin davlat diplomatlari tingladi.

Gomoseksual harakatlarni gunoh, deb hisoblovchi va nikoh erkak hamda ayol o‘rtasida bo‘lishi shart, deb biluvchi Katolik cherkovi bir jinsli nikohning ashaddiy qarshilaridan biridir.

Shuningdek, Islom dinida ham bunday nikoh va harakatlar gunohi kabiralardan biri sifatida qaraladi. Dunyoda bir jinsli nikohni quvvatlab borayotgan harakatlar qator islom davlatlari hamda ularning yetakchilari tomonidan keskin qoralanib kelmoqda.

Hozirga kelib, dunyoning Argentina, Belgiya, Kanada, Islandiya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Janubiy Afrika, Ispaniya, Shvetsiya kabi 10 davlatida bir jinsli nikohga qonun yo‘li bilan ruxsat berilgan.

Braziliya, Meksika va AQShning bir necha shtatlarida bir jinsli nikohni qonunlashtirishga oid jarayon bormoqda.

Dunyoning 25 ga yaqin davlatida esa nikohlar qonuniylashtirilmagan bo‘lsada, ammo bir jinslilar va bir jinsli oila tarafdorlari ittifoqlari rasmiy qayddan o‘tkazilgan.

Ammo, ko‘plab davlatlarda, shu jumladan, aholisining aksariyat qismi Islomga e‘tiqod qiladigan yoki rasman islomiy, deb e‘lon qilingan davlatlarda bir jinsli munosabatlar yoki nikohni qoralovchi qonun yo‘q.

Lekin, O‘zbekiston buni qonun bilan ta‘qiqlagan musulmon davlatlardan biridir.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 120 moddasida bu hol “besoqolbozlik”, deb qayd etilgan va uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistondagi kabi qonunchilik Afg‘oniston, Malayziya, Pokiston, Nigeriya kabi davlatlarda qabul qilingan va buning uchun jazo choralari ikki yillik qamoqdan to umrbod qamoq jazosiga qadar, Nigeriya va Afg‘onistonda esa o‘lim jazosi belgilangan.

Diniy jamoalar orasida ham bir jinsli nikohni insoniyat tabiatiga xos tabiiy hol, deb hisoblagan va buni oqlagan jamoalar bor.

Nasroniy va islomiy jamoalar orasida insoniyatning bunday nikohga haqqi bor va bunga qonuniy huquq berilishi kerak, degan tashkilotlar Yevropa davlatlari va AQSh da ro‘yxatga olingan.
XS
SM
MD
LG