Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:20

Yalang‘och suratga tushgan eronlik aktrisa mojaroga sabab bo‘lmoqda


Gulshifta Farahaniyning ushbu surati Frantsiyada chiqadigan nashrda chop etilganidan so‘ng bu eronlik aktrisa tegrasida yana mojarolar boshlanib ketdi.
Gulshifta Farahaniyning ushbu surati Frantsiyada chiqadigan nashrda chop etilganidan so‘ng bu eronlik aktrisa tegrasida yana mojarolar boshlanib ketdi.
Erondagi aktyor va kinoijodkor oilasida tug‘ilgan 29 yoshli Gulshifta Farahaniy 2008 yilda Hollivudning taniqli yulduzi Leonardo Di Kaprio bilan bir filmda suratga tushganidan so‘ng xorij matbuoti tiliga tushgan edi.

Iste‘dodi va favqulodda ma‘sum go‘zalligi xorij matbuotida olqishlangan bir kezda Farahaniy Erondan badarg‘a qilingan.


O‘tgan yili Frantsiyaga kelgan Gulshifta Farahaniy unga o‘z yurtiga qaytmaslik qat‘iy ravishda tavsiya qilinganini aytgan edi.

"Men Eron madaniyat va islomiy ahloq vazirligi rasmiylaridan Eronga sizga o‘xshagan hech qanaqa aktyor va aktrisa kerakmas, artistlik xizmatingizni boshqa joyda taqdim qilishingiz mumkin, mazmunidagi gapni eshitdim", deya xorij nashriga intervyu bergan edi yosh aktrisa.

Gulshifta Farahaniy Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio bilan bir filmda o‘ynaganidan so‘ng Erondan manguga badarg‘a qilingan.
Gulshifta Farahaniy Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio bilan bir filmda o‘ynaganidan so‘ng Erondan manguga badarg‘a qilingan.
Hollivud yulduzi Leonardo Di Kapiro o‘ynagan "Yolg‘onlar majmui" filmida Gulshifta Farahaniy bosh qahramonlardan biri bo‘lgan hamshira qiz Oisha rolini ijro etgan.

70 million AQSh dollariga suratga olingan bu film katta ekranlarda qo‘yila boshlagach, dunyo kinoteatrlari kassalaridan 116 million AQSh dollariga yaqin mablag‘ to‘plagan va unda ilk bor yirik rolini ijro etgan eronlik aktrisaga kattagina shuhrat keltirgan edi.

Dunyoning nufuzli yaltiroq jurnallari tiliga tushgan Gulshifta Farahniy yaqinda Frantsiyada chiqadigan Madam Le Figaro nashri uchun yalang‘och holda suratga tushdi.

Biroz o‘tib, bu suratini o‘zining Facebookdagi sahifasiga ham joylashtirgani, shuningdek, uning yalang‘och aks etgan suratlari tizimi Youtubega joylashtirilganidan so‘ng bu aktrisa yana bahslar markaziga chiqdi.


Islomiy mamlakat bo‘lmish Eronning ichkarisi va tashqarisida faol bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari aktrisaning suratini internetda faol muhokama qila boshladilar.

Kimlardir bu harakati bilan Farahaniy Eronda ayollarning aktyor va model sifatidagi intilishlariga qo‘yilgan to‘siqni yorib o‘tganini aytib, olqishlamoqda.

Misol uchun, uning Facebookdagi sahifasida qoldirilgan sharhlardan birida uning harakatiga: "Musulmon davlatlarida ayollarga qo‘yilgan tabuni yengish yo‘lidagi jasorat", deb baho berildi.

​Yana bir sharhda: "Sen o‘z yurtingni va tanangni sotding. Bu eronlik ayollar uchun ulkan isnoddir", deyildi.

Gulshifta Farahaniy Italiyada o'tgan Xalqaro film festivalida.
Gulshifta Farahaniy Italiyada o'tgan Xalqaro film festivalida.
Shu kunlarda Germaniyada yashayotgan eronlik jurnalist Maryam Mirzo esa Gulshiftaning harakatini ayollar haqlari uchun kurash yo‘lidagi dadil qadam, deb olqishladi.

- Bu suratlarni ko‘rganimda aytgan birinchi gapim: "Bravo, Gulshifta!" degan gap bo‘ldi. Bizga esa yillar davomida ahloq politsiyasi qandoq kiyinish va o‘zimizni qandoq tutish kerakligini uqdirib kelayotgan edi. Mana endi bir ayol chiqdi va bu uning haqqi ekanini duyonga aytdi, - deb hisoblamoqda eronlik jurnalist.

Shu topda Erondagi yarim rasmiy Fars agentligi ham bu holatga munosabat bildirdi va Farahaniyni uyatsizlikda ayblab, dunyo jamoatchiligi e‘tiboriga tushish uchun o‘z sha‘nini sotgan, deb qoraladi.

"O‘z yurtini tark etgan va Hollivudga qo‘shilgan bu aktrisaning baxtiqaroligi uning ahloqsizligidadir", deb yozdi agentlik.

2008 yildayoq Hollivud filmida bosh yalang ko‘ringani uchun bu aktrisa Eron rasmiy matbuotida qattiq tanqid qilingan edi.
XS
SM
MD
LG