Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:46

Megaupload nega yopildi?


Kim Dotkom 2005 yilda Megaupload saytiga asos solganidan beri 175 million dollardan oshiq pul ishlagani aytilmoqda.
Kim Dotkom 2005 yilda Megaupload saytiga asos solganidan beri 175 million dollardan oshiq pul ishlagani aytilmoqda.
Dunyodagi eng yirik fayl almashinuvi sayti asoschisi Kim Dotkom AQSh rasmiylari tomonidan Internet qaroqchiligi orqali pul yuvganlikda ayblanmoqda.

Asli germaniyalik Finlyandiya fuqarosi va asl ismi Kim Shitts bo‘lgan kompyuter programmisiti Megaupload nomli Internet imperiyasini yaratgan. 38 yoshli Kim Dotkomga qarashli Megaupload Limited shirkati Megavideo, Megapix, Megalive, Megabox kabi jami 18 ta domen nomlariga egalik qiladi.

19 yanvar kuni AQSh Adliya vazirligi Megaupload va unga dohil barcha domen nomlarini hibsga olib, virtual olamdagi fayllar almashinuvi bo‘yicha eng faol bu saytlarni yopib qo‘ydi.

Kim Dotkomning o‘zi 20 yanvar kuni Yangi Zelandiyada hibsga olinib, mualliflik huquqlarini buzganlik ayblovi bilan sudga olib kelindi. Yangi Zelandiya sudi hukm chiqquniga qadar uni garov evaziga ozod qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Juma kuni Yangi Zelandiya politsiyasi AQSh Federal qidiruv byurosi so‘roviga ko‘ra uni hisbga olgani kelganida, Kim Dotkom shahar chetidagi dang‘illama uyidagi xonalardan birida biqinib olgan edi. Politsiyachilar uni chiqarib olish uchun ancha kuch sarflaganini ma‘lum qildi.

Dotkomning advokati o‘z mijozi xonaga berkinib olganini uning qo‘rqqani va sarosimaga tushib qolganiga yo‘ydi. Tintuv paytida politsiya uning yonidan turli ismlarga olingan jami 45 kredit karta va uchta pasport topdi. Kompyuter programmisti Kim Shmitts, Kimbl va Kim Tim Jim Vestor ismlaridan ham foydalangani aytilmoqda.

Megaupload sayti egasiga qarshi 72 sahifali ayblov xulosasida Kim Dotkom 2005 yilda saytni ishga tushirganidan beri mualliflik huquqlarini buzish orqali 175 millon AQSh dollaridan ortiq pul ishlagani aytiladi.

Ayblov xulosasida ikki korporatsiya – Megaupload Limited va Vestor Limited shirkatlari nomlari keltirilgan. Ayblovlar orasida “tovlamachilik fitnasiga aralashganlik, mualliflik huquqlarini buzish fitnasi, pul yuvish fitnasi” kabilar bor.

AQSh gazetalari bu ayblovlarga ishora qilib, bu ishni “the Mega conspiracy”, ya‘ni “Mega fitna”, deya atamoqda.

AQSh rasmiylari tomonidan qo‘lga olinishidan oldin mualliflik huquqlari egalari Megaupload ga aloqador saytlarda qanday fayllar joylashtirilganini aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan, chunki bu saytlard na katalog, yo na qidirish funktsiyasi bo‘lgan. Internet foydalanuvchilari boshqa qidiruv tizimlarida muayan kompьyuter dasturi, film yoki musiqa linkini topib, faqat link orqaligina Megaupload saytidan uni yuklab olishlari mumkin bo‘lgan.

Ayblov xulosasida, Megaupload shirkati buni mualliflik huquqlari buzilishi “ko‘lamini yashirish” uchun qilgani aytiladi.

Mualliflik huquqlari egalari Megaupload dagi muayan link to‘g‘risida shikoyat qilshishi bilanoq, shirkat bu linkni darhol olib tashlagan. Lekin bu material Internetdagi serverlarda saqlab qolingan va keyinchalik ularni boshqa linklar orqali yuklab olish imkoniyati saqlanib qolagan.

Tahlilchilar Megaupload ishi Internetdagi shunga o‘xshash boshqa “cloud-hosting” deb ataluvchi xizmatlarga qarshi pretsedent bo‘lishini bashorat qilishmoqda.

AQSh rasmiylari tomonidan hibsga olingan Megaupload asoschisiga qarashli 50 million dollarlik aktivlar orasida 14 Mercedes-Benz, bitta Maserati, bitta Rolls-Roys va bitta Lamborgini mashinasi borligi aytilmoqda.

Kim Dotkom mingan Mercedes-Benz mashinalardan birining davlat raqamida “GUILTY”, ya‘ni “aybdor” degan yozuv bo‘lgan. Boshqa mashinalarda esa, "POLICE," “MAFIA”, “STONED”, “CEO”, “HACKER”, “GOOD” va “EVIL” yozuvlari bo‘lgan.

Dotkom 2002 yilda Germaniyada shirkat ichki ma‘lumotlaridan noqonuniy foydalanganlikda ayblangan.

Bo‘yi ikki metr, vazni 140 kilo bo‘lgan bu barzangi yigitning qo‘shnilari uning qo‘rs odam bo‘lganini aytishadi.

AQSh rasmiylari e‘lon qilgan ayblovda Megaupload shirkatining boshqa ishchilari ham yaxshigina haq olgani aytiladi. Masalan, slovakiyalik 35 yashar Yulius Benko 2010 yilning o‘zida 1 million dollardan ooshiq pul ishlagan.
XS
SM
MD
LG