Isroilning Kurson axborot agentligi xabariga ko‘ra, Isroil Tashqi ishlar vazirligida bu xabar mamnunlik bilan qabul qilingan. Yahudiy diplomatik idorasi Usmonovni “Isroilning samimiy do‘sti” deya baholagan.
Oybek Usmonov 2001 – 2006 yillarda O‘zbekistonning Isroildagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Bu davrda “ikki davlat munosabatlari sezilarli darajada faollashgan”i aytiladi.
Usmonov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlagan.
U Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish masalalariga mas‘ul bo‘lishi aytilmoqda.
O‘zbekistonlik mustaqil siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikricha, Oybek Usmonovning Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanishi mintaqa davlatlari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish rejalari bilan bog‘liq.
- Mening nazarimda Oybek Usmonovning bu lavozimga tayinlanishi xavfsizlik sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni anglatadi. Ikkinchidan, bu Oybek Usmonov elchi bo‘lgan davlatlar bilan munosabat bir qadar iliqlashuviga qaratilgan kadrlar tanlovi deb o‘ylayman, - dedi o‘zbekistonlik mustaqil siyosatshunos.
Oybek Usmonovning yangi lavozimga tayinlanishi vazirlikda davom etayotgan kadrlar almashinuvi jarayonining davomi sifatida ko‘rilmoqda.
Abdulaziz Komilov 13 yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Bu lavozimda ishlab kelgan Elyor G‘aniyev esa, o‘zining avvalgi lavozimi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga o‘tkazilgan edi.
Abdulaziz Komilov 2003 yildan 2010 yilgacha O‘zbekistonning AQShdagi elchisi bo‘lib ishlagan.