Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:00

Mehnat muhojirligi to‘qlikka sho‘xlikmi?


Xorazmlik Hamdam tirikchilik ilinjida o‘zga yurtlarda mardikorlik qilib yurgan millionlab o‘zbeklar to‘qlikka sho‘xlik qilmoqda, deb hisoblaydi.
Xorazmlik Hamdam tirikchilik ilinjida o‘zga yurtlarda mardikorlik qilib yurgan millionlab o‘zbeklar to‘qlikka sho‘xlik qilmoqda, deb hisoblaydi.
Ozodlik radiosining Erkin mikrofoniga qo‘ng‘iroq qilgan va SMS yozgan tinglovchilarning ba‘zilari, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari tirikchilik og‘irligidan emas, balki ko‘proq pul topish ilinjida xorijga ishlagani ketmoqdalar, degan fikrni aytmoqda.

Shunday tinglovchilarimizdan biri, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashovchi, kasbi arxitektor bo‘lgan 31 yoshli Hamdam.

Uning fikricha, O‘zbekistonda ishlayman degan odam yaxshi ish topa oladi, xorijga mehnat muhojiri bo‘lib ketganlar esa, ko‘proq pul topish va yanada yaxshiroq yashash niyatida “to‘qlikka sho‘xlik qilayotganlardir”.

Biroq, uning fikriga Moskvada quruvchi bo‘lib ishlayotgan 27 yoshli buxorolik mehnat muhojiri Behzod qo‘shilmaydi. Behzod fikricha, ko‘pchilik yaqinlaridan uzoqda muhojirlikda yashab, pul topishni istamaydi. O‘zbekistonliklar mamlakatdagi ishsizlik va mehnatga yarasha haq to‘lanmagani bois muhojirlik qismatini tanlashga majbur bo‘lmoqda, deydi u.

Behzod shu masalada bahslashish uchun Bahs maydoniga Hamdamni taklif qildi. Hamdam bu taklifni rad qilmadi.

Hamdam: Behzod o‘zi quruvchi ekan, O‘zbekistonda ishlasa ham bo‘lardi. Masalan hozir har dona kirpichni(g‘isht) ustalar 250 so‘mdan urib turishibdi...

Behzod: Qani aytingchi, bitta usta ikkita yordamchisi bilan bir oyda qancha g‘isht terishi mumkin. O‘rtacha qancha oylik oladi?

Hamdam: Oyida 400-500 ming so‘m olib turibdi.

Behzod: Bu hech narsa bo‘lmaydi.Bilasizmi, Ozodlikda eshitdim, xorazmdan kelgan 200ga yaqin mardikor oyligini ololmasdan uyga ketolmay turibdi. Agar O‘zbekistonda ish bo‘lganda ular bu yerga kelmagan bo‘lardi...

Hamdam: Bormasin edi ular, kim ularni majbur qilibdi?

Behzod: Mana siz arxitektor ekansiz, sizlar hozir qurayotgan uylar narxi 75 million so‘m turadi ekan. Men kechayu kunduz uxlamasadn, yemasdan, kiymasdan ishlasam olti yil ishlashim kerak ekan, bu uy uchun.

Hamdam: Faqat bu ish emas, mol boqsin, dehqonchilik qilsin. Mana men 10 tonna sholi olaman har yili...

Behzod: Hamma ham sholi uchun yer ololmaydi, hammada ham imkoniyat yo‘q. Odamlar majbur bo‘lib Rossiyaga ishlagani kelyapti...

Hamdam: Bu yerda ishini eplolmaganlar Rossiyaga ketyapti, ular moshina olish uchun ketyapti, bu yerda xudoga shukr, hamma narsa yetarli...

Behzod: Olti million xalq eplolmayapti ekanda, a, olti million....

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG