Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:14

Toshkentda mushuk qotillari jarimaga tortildi


24 yanvar kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmiga ko‘ra, Alisher Shukurov bilan Jasur Eshonqulovni mushukni o‘ldirgani uchun eng kam ish haqining besh barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Bu haqda xabar qilgan Uznews.net sayti ma‘lumotiga ko‘ra, shaharning Oqtepa tumanida yashovchi Alisher Shukuruv qarindoshi Jasur Eshonqulov bilan birgalikda qo‘shnisining mushugini pnevmatik quroldan otib o‘ldirgan.

Sudda Shukurov qo‘shnisining mushugi uning normal yashashiga halaqit bergani uchun o‘ldirganini aytgan.
XS
SM
MD
LG