Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:55

Ukraina "uzbechka"ga cheklovni bekor qiladi


Bu haqda Umumukraina avtomobil importyorlari va dilerlari uyushmasi (VAAID) ma‘lum qildi.

O‘tgan yilning 15 noyabridan boshlab Ukrainaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillardan 3 donagina olib kirishga ruxsat berilgan edi.

Ukraina Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori 2014 yilgacha amalda bo‘lishi aytilgan edi.

“Ukravtoprom” ijrochi direktori Yefim Hazan Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Kiyev hukumati qarorini O‘zbekistonda ukrain avtomobillari sotilishiga to‘siqlar qo‘yilgani bilan izohlagan edi.

O‘zbekiston Ukrainadan import qilinayotgan avtomobillar uchun 69,9 foiz, Rossiya avtomobillariga 5 foiz aktsiz solig‘i belgilab, ukrainaliklar uchun teng bo‘lmagan sharoit yaratgani aytilgan edi.

Joriy yildan O‘zbekiston hukumati vaziyatni o‘nglash choralarini ko‘rdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning o‘tgan yil 30 dekabrdagi farmoniga ko‘ra, 2012 yil 1 yanvaridan boshlab, Ukraina va Rossiyadan O‘zbekistonga sotish uchun yoki vaqtinchalik olib kirilgan avtomobillar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar olinmasligi bulgilandi.

Ukraina O‘zbekistondan Neksiya, Matiz va Lasetti rusumidagi yengil avtomobillar import qiladi.

Kiyevdagi AUTO-Consulting ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Ukraina O‘zbekistondan 3109 ta, joriy yilning 9 oyi davomida esa 5205 ta avtomobil import qilgan.

Ukraina esa ZAZ-Lanos, ZAZ-Sens mashinalarini O‘zbekistonga ekport qiladi. Ularning O‘zbekiston bozorida sotilishi esa barmoq bilan sanaydigan darajada.

Shunga qaramay, Ukraina kelajakda Bogdan-2110 avtomobillarini ham O‘zbekiston bozoriga olib kirishni mo‘ljallamoqda.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga nafaqat Ukrainada, balki Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Moldova, Ukraina, Belarusda ham talab yuqori.

2010 yilda Gruziya, Armaniston, Turkmaniston, Afg‘oniston davlatlarida o‘zbek avtomobillari uchun sotuv shahobchalari ochildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan "Neksiya" va "Matiz" avtomobillari Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan xorijiy rusumlar hisoblanadi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi hisobotiga ko‘ra, GM Uzbekistan o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasi so‘nggi to‘qqiz oy ichida Rossiyaga yengil avtomobil sotishni 31 foizga oshirgan va joriy yilning yanvar-sentyabr oylari oralig‘ida Rossiyaga 71623 ta turli xil Chevrolet mashinalarini sotgan.

O‘zDEUavto yopiq turdagi hissadorlik jamiyati bazasida 2008 yilda tashkil etilgan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi yiliga 250 ming avtomobil ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonning ichki avtobozorida mashinalar narxi Rossiyadagidan ham yuqori.

O‘zbekistonda chetda ishlab chiqariladigan boshqa tur mashinalarni olib kiritilishi uchun yirik miqdorda boj to‘lovlari joriy etilgan.
XS
SM
MD
LG