Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:49

15 yashar pianinochi simfonik orkestr jo‘rligida kontsert berdi


O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri 15 yashar pianinochi Nuron Muqimiy ijodini taqdim qildi.

25 yanvar kuni O‘zbek davlat konservatoriyasida klassik musiqa yulduzi deb ko‘rilgan¸ virtuoz Nuron Muqimiy bastakorlar Chaykovskiy va List asarlarini ijro qildi.

Nuron Muqimiyga O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Vladimir Neyman drijerligida jo‘r bo‘ldi.

1996 yilda Toshkentda tug‘ilgan Nuron Muqimiy 7 yoshligida Motsart kontsertini ijro qilib Rimdagi xalqaro Motsart ijrochilari konkursida bosh mukofotni olgan edi.

Germaniyaning Frankfurt shahridagi musiqa oliy o‘quv yurtini 2006 yili tugatgan Nuron Muqimiy bir muddat Londonda ham musiqa tahsilini olgan.

Nuron Muqimiy klassik musiqaning nodir ijrochisi sifatida e‘tirof qilinib AQSh va yevropada ijrochi va drijer sifatida chiqishlar qilgan.
XS
SM
MD
LG