Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:27

O‘zbek repperlari haqiqatni aytmoqchi


O‘zbek repperlari ijro qilgan haqiqat, adolat, poraxo‘r domlalar haqidagi qo‘shiqlarga rasmiy matbuot yopiq. Ayni paytda bu qo‘shiqlar qo‘l telefonlariga ko‘chgan.

O‘zbek repperlari aytgan qo‘shiqlar Internetdagi Youtube.com portalida xorijdagi o‘zbek yoshlari eng ko‘p kiradigan linklar sifatida ko‘riladi.

O‘zbekiston ichkarisida bu qo‘shiqlar telefonlarga yozib olinib eshitilmoqda.

O‘zbekiston telekanallari va rasmiy sahnalarida bu repchilar ijodi taqdim qilinmaydi.

O‘zbekiston telekanalida ishlaydigan va ismi aytilishini istamagan musiqa muharririga ko‘ra, bu repperlar ijro etayotgan matnlarda so‘kish so‘zlar bisyor.

Bundan tashqari suhbatdosh nazarida bu rep qo‘shiqlar Toshkent o‘zbeklari va Samarqanddagi tojiklar shevasida aytilib, adabiy til normalaridan juda uzoq.

Ozodlik muxbiri rep qo‘shiqlarida O‘zbekiston hayotining rasmiy matbuotda yoritilmaydigan jihatlari tanqidiy ko‘z qarashda tarannum qilinayotganligini aniqladi.

Bu qo‘shiqlardan biri poraxo‘r domlalarga ataladi.

"Ey domla sen soqqa olaverib o‘zingni tuban ahvolga tushirding. Men pul bermaganim uchun sen menga ikki qo‘yding, bu insofdanmas" deb kuylanadi Youtube.com portalida mashxur bo‘lgan rep ashulada.

Talabalar eshitinglar ikki qo‘yishdi,
Bu domlalar pul olaman deb prosto yeyishdi.
Ho‘v domlalar eslaringni yeb qo‘ydinglar,
O‘zinglarni o‘zinglar soqqa bilan so‘ydinglar.

Shuningdek repchilar Toshkentlik kirakashlar muammosini ham qo‘shiqqa solishgan.

Bizlarga farqi yo‘q, farqi yo‘q.
O‘zbek kirakashlarining tengi yo‘q, tengi yo‘q.
Yo‘l yopiqmi, svetofor buzuqmi,
O‘ta olmaydigan joylardan ham o‘tib ketaveramiz.
Gailarga bitta signal beramiz, qo‘lni ko‘tarib qo‘yamiz
Biz taksichilarni trassada xurmati baland. Hey...

Shu bilan birga o‘zbek repperlari ijrosida haqiqat va adolatni izlashga intilish bor.

Atrofni o‘ragan qora bulut zulmat,
Razilliklarga endi qila olmayman toqat.
Hammada savol tug‘iladi oxir oqibat
Kim javob bera oladi, qayda haqiqat?


voy.uz sayti muharriri Elyor Shokirov.
O‘zbek rep qo‘shiqchilari haqida o‘zbek yoshlari orasida mashhur bo‘lgan VOY.UZ nashri bosh muharriri Elyor Shokirov bilan suhbatlashdik.

21 yoshlik temir yo‘l instituti talabasi Elyor o‘zbek yoshlari tafakkurini shakllantirish uchun tanqidiy jurnalistikani tanlaganini aytdi.

Suhbatni to‘la holda quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG