Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:40

Dmitriy Medvedev Moskvani suratga oldi


Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev o'zining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Moskva shahrining yuqoridan olingan suratini joylashtirdi. Vesti.ru nashriga ko'ra, bu suratni Medvedev shaxsan o'zi olgan.

Suratni shaxsan prezidentning o'zi olganiga shubha qilish noo'rindir, chunki suratga olish Medvedevning xobbilaridan biridir.

"Vertolyotdan olingan surat" deb nomlangan rasmni Rossiya prezidenti Kotelniki shahrida o'tgan uchrashuvlardan so'ng Moskvaga qaytayotganda olganligi aytiladi. Facebookga 31 yanvar kuni joylashtirilgan ushbu fotosurat qisqa vaqt ichida ikki mingga yaqin "like" va sharxlar to'pladi.

2008 yildan beri Rossiyani boshqarib kelayotgan Dmitriy Medvedev Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda faolligi bilan mintaqadagi boshqa prezidentlardan ajralib turadi. U nafaqat Facebook, balki Twitter tarmog'ida ham o'z sahifasiga ega.

Aytgancha, O'zbekiston prezidenti Islom Karimov na Facebook, na Twitter saytidan foydalanadi. Biroq uning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova Twitterning faol foydalanuvchularidandir.
XS
SM
MD
LG